142
tartibga solishni tushuntiruvchi ingliz iqtisodchisi J.Keyns o‘zining
«Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi» asarida shunday deydi: «chinakam
iqtisodchi, o‘z ishining bilimdoni
har xil qobiliyatlarga, ma’lum darajada
matematik, tarixchi,
davlat arbobi, faylasuf bo‘lishi kerak. Umumiy
tushunchalarda xususiy narsalar haqida mushohada yuritib,
mavhum va
muayyanga o‘z e’tiborini bir xil darajada qarata olishi lozim. U kelajak
uchun hozirgi zamonni o‘tmish nuqtai nazaridan o‘rganishi kerak». Iqtisodiy
tadqiqotlarda ham boshqa fanlarda qo‘llanilganligi singari,
tarixiylik va
mantiqiylik jihatdan foydalanilib yondashilsa, bu tadqiqotlarning ilmiyligi
oshadi. Ushbu tushunchalar falsafiy tushunchalar bo‘lib,
barcha narsa va
hodisalarni izohlashda qo‘llaniladi. Taraqqiyotning real jarayonlarini
tafakkur orqali aks ettirishda yordam beradi.
Tarixiylik - voqelik
taraqqiyotining xolisona jarayonining o‘zidir, ro‘y bergan haqiqiy
o‘tmishdir.
Masalan, quyosh
tizimining rivojlanishi, yerning geologik tarixi,
til, tafakkurning o‘tmishdagi faoliyatlari va boshqalar. Aniqroq aytadigan
bo‘lsak,
yuzaga kelgan, yuz bergan o‘tmish jarayonlaridir. Ana shu yuz
bergan narsa va hodisalar asosida yangi farazlar paydo bo‘ladi. Zero, o‘sha
yuz bergan narsa va hodisalar taraqqiyotda doimiy bo‘lganligi uchun ular
haqida bilimlar olish davom etadi.
U qotib qolgan jarayon emas, yangi
bilimlar hosil qilish manbaidir.
Dostları ilə paylaş: