143
asosida u yoki bu sohani farazlash kerak. Faraz esa mantiqqa suyanishi
lozim.
Mantiqiylik (iqtisodiyotda oladigan bo‘lsak) iqtisodiyotni rivojlanish
holatidagi tomonlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini tahlil qilish
orqali tarixiy iqtisodiyotni fikran qayta hosil qilishdir. Bu iqtisodiy
sohalarning hozirgi holati bilan solishtirishga va ma’lum bir
yechimga kelish
uchun asos bo‘ladi.
Tarixiylik va mantiqiylik o‘zaro dialektik munosabatda bo‘lganda
voqelikni to‘g‘ri aks ettirish sodir bo‘ladi. Falsafa tarixida bu aloqadorlikni
G.Gegel ko‘proq tushuntirib bergan. Uning fikricha, mantiqiylik birlamchi
bo‘lsa-da, u tarixiylikning natijasiga ham aylanadi. Demak, tarixiylik va
mantiqiylik birgalikda kelib bir-birini to‘ldiradi.
Mantiqiylik
tushunchalarning o‘zaro aloqadorligi tufayli bir xil iqtisodiy tushunchalardan
ikkinchi xil iqtisodiy tushunchalarning kelib chiqishi ro‘y beradi. Bu esa
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilib xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bir
tushunchadan ikkinchi tushunchaga o‘tish taraqqiyot jarayonini ham
ifodalaydi. Oddiylikdan murakkablikka qarab rivojlanib boruvchi mavhum
tafakkur jarayoni haqiqiy tarixiy jarayonga to‘g‘ri yoki mos tushishi lozim.
Aks holda inson bilimi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
Shu bilan bir
qatorda tarixiylik bilan mantiqiylik o‘rtasida ziddiyatlar ham paydo
bo‘lishini unutmasligimiz lozim. Chunki, mantiqiy soha tarixiylikka nisbatan
bir oz mustaqildir. Tarixiylik abadiy bo‘lsa, mantiqiylik o‘zgaruvchandir.
Mantiqiylik ishni boshlanishidan, ya’ni natijadan boshlab (iqtisodiy sohaning
o‘tmishini) yuqori bosqichini ham qamrab oladi. Mantiqiylik real tarixiy
jarayonni
tahlil qilib, uning kelajagini asoslashga yordam beradi. Mantiqiylik
tarixiylikni aks ettirar ekan, u real tarixning tasodif va notekis yo‘llarini
nazardan soqit qiladi va shu bilan tarixiylikning to‘g‘riligini, tuzatilgan
aksini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Yuqorida biz mantiqiylik ishning,
sohaning natijasidan boshlanadi, dedik. Zero, tarixning o‘zi natijadir.
Bundan mantiqiylik reallikdan uzoqlashadi yoki uni buzib ko‘rsatadi, degan
xulosa chiqmasligi kerak.
Aksincha, voqeliqni rivojlangan holatini tahlil
qilish aynan uning haqiqiy boshlanishini, uning taraqqiyotiga asosiy
144
jihatlarni, ya’ni tarixiy jihat bilan qaror topishning haqiqiy izchilligini
aniqlashga yordam beradi. Demak, iqtisodiyotda ham tarixiy jarayon tahlil
qilinib, nazariy jihatdan
olingan bilim asosida, mantiqiy xulosalar
chiqariladi. Iqtisodiy tarix qanday bo‘lgan bo‘lsa, mantiqiy fikrlar ham
shunga mos tushishi kerak. Shu sababli ilmiy tadqiqotda mantiqiylik bilan
birga tarixiylik qo‘llaniladi. Bu tadqiqotning xarakteri va xususiyatiga
bog‘liq. Ammo, tarixiy usulga nisbatan mantiqiylikning ustun tomonlari bor.
Mantiqiylikda rivojlangan narsa va hodisaning o‘ziga xos aloqa va
holatlarini aniqlaganda, uning o‘zidan
kelib chiqib, alohida xususiyatga ega
ekanligini aniqroq belgilab beradi. Shu bilan bir qatorda mazkur narsa yoki
hodisaning tarixini tushunish uchun yo‘l ko‘rsatadi. Demak, mantiqiylik
tarixiylikni tushunish vositasidir.
Hozirgi zamonda ana shu tarixiylik va mantiqiylikka asoslanib
yaratilgan bir qancha iqtisodiy sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Bu
misollar «Ilmiy ijod metodologiyasi» qo‘llanmasining
mualliflari tomonidan
quyidagicha izohlanadi. Misollarni to‘liq holda keltiramiz: «Menejer, firma,
korporatsiya yoki korxona ishini boshqarish tashkilotchisi ularni rivojlantirish
biznes-rejasini ishlab chiqar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, mazkur korxonaning
iqtisodiy ravnaq topishi tendensiyalari haqida ozmi-ko‘pmi asoslangan iqtisodiy
gipotezani ilgari suradi».
F. fon Xayek o‘zining «Katallaktika»ni rivojlantirish haqidagi teran va
o‘ziga xos gipotezasiga bozor iqtisodiga xos bo‘lgan jo‘shqin, immanent hodisa
- raqobatni asos qilib oldi.
Dostları ilə paylaş: