Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 21-moddasi 1-qismida 
qonun chiqaruvchi formal tarkibli 
jinoyatning tugallangan vaqtidan, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmishning 
obyektiv sodir etilishiga qarab qasdning tarkibini ochib beradi. Keltirib 
o‘tilgan normaga asosan: «Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom 
bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan 
bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, 
bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi». Qandaydir oqibat kelib 
chiqadimi yoki yo‘qmi, undan qat’i nazar, shaxs aybdor deb topiladi va 
javobgarlikka tortiladi. 
Formal tarkibli jinoyatlarda qasd turlarga bo‘linmaydi, boshqacha 
aytganda, ayb faqat to‘g‘ri qasdli bo‘ladi.
Formal tarkibli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda shaxsning o‘z 
harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab 
yetishi (intellektual holat) hamda shunday harakatlarni sodir etishni yoki 
harakatsizlik (irodaviy holat)ni istashi kabi faktlar muhim hisoblanadi. 
Bu yerda qonun chiqaruvchi tomonidan tajovuzning ijtimoiy xavfli 
oqibatlari huquqiy xususiyat doirasidan tashqarida qoldiriladi va sud 
tomonidan tayinlanadigan jazoning turi va miqdoriga ta’sir etsa ham 
subyektning aybdorligini belgilash vaqtida ahamiyat kasb etmaydi. 
Intellektual holat shaxs tomonidan o‘zi sodir etgan u yoki bu 
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi bilan bog‘liq 
jarayonlarni o‘zi ichiga oladi.
Shaxs tomonidan 
qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
anglash,
birinchidan, qilmishning haqiqiy mohiyatini, ikkinchidan, uning 
ijtimoiy ahamiyatini bilishni bildiradi. Anglash, tajovuz qaratilgan 
manfaat, qadriyatlarning xususiyati to‘g‘risida tasavvur mavjudligi, ya’ni 
jinoyatning obyekti, qilmishning mohiyati, uning vositasida tajovuz 
amalga oshiriladigan hamda boshqa jinoyat sodir etishdagi faktik holatlar 
(vaqt, usul, holat)ni namoyon etadi. Bu jarayonlar hammasining aks etishi 
188 


aybdorning ongida unga jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan 
ijtimoiy manfaatlarga qilmishning obyektiv yo‘naltirilganligini, ya’ni 
ijtimoiy xavfni anglash imkonini beradi. Ijtimoiy xavf ostida qilmishning 
haqiqiy belgilaridan tashqarida yotuvchi qandaydir mustaqil elementi 
emas, balki barcha obyektiv belgilarini yuzaga keltiruvchi qilmishning 
yaxlit tarkibi nazarda tutiladi. Shuning uchun ijtimoiy xavfni anglash, 
qilmish faktik belgilarining ijtimoiy tarkibini anglashga olib boradi. 
Jinoyat subyektining o‘zini ifodalovchi belgilarini anglash qasdning 
tarkibiga kirmaydi. Masalan, agar 13 yoshli shaxs odam o‘ldirganlik uchun 
og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlikka tortiladi, hattoki u xuddi shu 
jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan kelib chiqadi deb o‘ylagan bo‘lsa 
ham. Bundan tashqari, qasd maxsus subyektning belgilarini anglashni o‘z 
ichiga olib, ular aybdorga yuklatilgan maxsus majburiyatlarni buzganlik 
bilan bog‘langan bo‘lib, jinoyatning maxsus belgilari hisoblanadi 
(masalan, mansabdorlik jinoyati). 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini uning huquqqa xilofliligi bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishi jazo qo‘llash 
tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlanganligidan va bu uchun 
javobgarlikdan umumiy tarzda bo‘lsa ham xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘p 
hollarda jinoyatlar huquqqa xilofliligi anglangan holda sodir etiladi. Biroq 
qonunchilik sodir etilayotgan qilmishning huquqqa xilofliligini anglashni 
ayb shaklining tarkibiga kiritmaydi, shuning uchun sodir etilgan 
qilmishning huquqqa xilofliligini aybdor anglab yetmagan hollarida, 
hattoki qonunchilik ignorantia legis neminem excusat
1
tamoyilini nazarda 
tutsa ham, jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
Formal tarkibli jinoyatlarda qasdning intellektual tomonini 
qilmishning ijtimoiy xavfliligi va uning ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan jinoyatlar tarkibini kvalifikatsiya qilishda, sud-
tergov xodimlarining birinchi galdagi vazifasi aybdorning ruhiy 
ko‘rinishini, ya’ni sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli 
xususiyatini belgilashdir, chunki formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning 
qasdi muayyan ijtimoiy xavfli oqibatni keltirishni istash yoki uning kelib 
1
Незнание закона никого не извиняет (лат.). 
189 


chiqishini oldindan ko‘ra bilishni qamrab olishining zarurati bo‘lmaydi. 
Formal tarkibli jinoyatlarni sodir etishda qasdning irodaviy holati 
birmuncha moddiy tarkibli jinoyatlar bilan taqqoslashda chegaralangan va 
faqat u ijtimoiy xavfli qilmishning o‘ziga, ya’ni uning sodir etilishiga 
bo‘lgan irodaviy munosabat bilan tugallanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin