Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Tajovuz obyektiga nisbatan xato



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Tajovuz obyektiga nisbatan xato
– bu shaxsning jinoyat obyekti 
ijtimoiy va yuridik mohiyati haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishidir. 
Uning mohiyati: jinoyat subyekti bir vaqtda ma’lum bir obyektga tajovuz 
qilyapman deb hisoblaydi, aslida esa, u boshqa ko‘zda tutilmagan 
obyektga nisbatan tajovuzni amalga oshirayotgan bo‘ladi. Mazkur xato 
guruhiga 
jinoyat predmetiga va jabrlanuvchiga nisbatan yo‘l 
qo‘yiladigan xatolarni
ham kiritish mumkin, o‘z navbatida, ular bir xil 
turga kirmaydi. Bu ko‘rinishda xatolarni bir guruhga birlashtirish zarurati 
shundaki, bu turkum xatolarning barchasi, asosan, obyekt belgilariga 
nisbatan yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatolarning barchasi aybdor o‘ylagan va 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий 
хавфли тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 10-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 79-б.
2
Ўша жойда. 3-банд, 10-хатбошиси. 
224 


hisoblagan obyektga (o‘z navbatida, xato qilingan «yaroqsiz» predmet va 
jabrlanuvchi ham kiritiladi) nisbatan suiqasd sifatida baholanadi. Bunday 
kvalifikatsiya bir tomondan, jinoyat sodir etgan, uning ongi va oldindan 
ko‘ra olishi bilan qamrab olmagan obyektiv holatlarda shaxsni ayblashni 
inkor etishi bilan, boshqa tomondan esa, zarar aslida boshqa bir obyektga 
yetkazilgani uchun, aybdorning ongida individuallashgan obyektga 
nisbatan tugallangan tajovuzning mavjud emasligi bilan bog‘langan. 
Masalan, dorixonadan shaxs tarkibida narkotik modda saqlovchi dorini 
o‘g‘irlashga harakat qiladi, lekin u boshqa bir dorini o‘g‘irlaydi. Bunday 
xato jinoyatni kvalifikatsiya qilishda qasdning yo‘naltirilganligidan kelib 
chiqadi. Bu holatda shunga e’tibor berish kerakki, faktik holatdan olib 
qaraganda, aybdorning qasdi qaratilgan obyekt zarar ko‘rmaydi, shuning 
uchun qilmish tugallanmagan jinoyat sifatida ko‘rilib, jinoyatga suiqasd 
sifatida qaraladi (yuqoridagi misol JK 25-moddasi va 271-moddasi 1-
qismi). 
O‘z navbatida, obyektga nisbatan bo‘lgan xatodan predmet va jabr-
lanuvchi shaxsiga nisbatan bo‘lgan xatolarni ham farqlash lozim. Bunday 
xato (bir uydagi mol-mulk o‘rniga ikkinchi uydagi mol-mulkni o‘g‘irlash, 
bir odamning o‘rniga boshqasini o‘ldirish) ayb shakliga ham, jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishga ham, jinoiy javobgarlik belgilashga ham ta’sir 
etmaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin