Ko‘pincha giyohvand mastlik gallyutsinatorlik hayajonlari bilan
kuzatiladi.
Ta’kidlash joizki, bu holatda alkogolli mastlik kabi o‘z harakatlarini
anglash va boshqarish saqlab qolinadi. Shunga qaramay, bunday holatda
shaxs atrofdagilar uchun xavfli bo‘ladi va biron-bir jinoyat sodir etishi
mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, giyohvand moddani ularning analoglarini
notibbiy usulda va ko‘p qabul qilish giyohvandlik deb nomlangan kasallik
xususiyatini oladi. Kasallik sifatida giyohvandlikning o‘ziga xosligi,
giyohvand moddalar, ularning analoglarini qabul qilishga doimiy moyillik,
shuningdek, alkogolizm kabi ularga ruhiy va jismoniy bog‘liqlik, shaxs
ruhiyatida chuqur o‘zgarishlar va organizm funksiyalarining ishdan
chiqishiga olib keladi. Bunda giyohvandlikning o‘ziga xosligi uni nafaqat
kasallik sifatida, balki shaxs va jamiyatga katta zarar yetkazadigan
muammo sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Giyohvandlik tibbiy aralashuvni talab etadigan kasallikni aks ettiradi,
giyohvand moddalar, ularning analoglarini ko‘p iste’mol qiladigan va
jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan esa jinoiy jazo bilan birgalikda sud JK
91-moddasi 2-qismi asosida giyohvandlikdan majburiy davolash
ko‘rinishidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin.
Shu bilan birga,
Dostları ilə paylaş: