Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Zaruriy mudofaada himoyalanish javob berilayotgan tajovuzga



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Zaruriy mudofaada himoyalanish javob berilayotgan tajovuzga 
muvofiq kelishi lozim
, bu yetkazilgan va oldi olingan zararning 
muvofiqligida ifodalanadi. Mudofaalanuvchi shaxsning harakatlarida 
395 


himoyalanish qonuniyligining ushbu shartini aniqlash jarayonida tergov va 
sud organlari tajovuzning xarakteri va xavfli ekanligiga hamda 
mudofaalanuvchining huquqqa qarshi harakatga javob berish yuzasidan 
kuchi va imkoniyatlariga, shuningdek, himoyalanishning muvofiqligini 
aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan boshqa holatlarga e’tibor berishi 
lozim.
Tajovuz xarakteri
deb, bu holda jinoiy qasdning tashqi namoyon 
bo‘lishi, ya’ni qilmishning obyektiv tomonining sifat xususiyatlari 
tushuniladi. Tajovuz xarakterini baholash amalga oshiriladigan tarkibiy 
elementlari uning intensivligi, tezligi va to‘satdanligi jinoiy natijaga 
erishishdagi qat’iyligi bo‘ladi. Bundan tashqari, tajovuz xarakterini 
aniqlashda, shuningdek, jinoiy qasdiga erishish usuli (zo‘rlik ishlatish 
bilan yoki zo‘rliksiz) ham hisobga olinishi lozim. 
Himoyalanishning tajovuz xavfiga muvofiq bo‘lishining talabi 
himoyalanishning, albatta, jinoiy qilmishning ichki tomoniga muvofiq 
bo‘lishini ko‘zda tutadi, jinoyatning ichki tomoni deganda, ma’lum 
ijtimoiy munosabatlarga (jinoyat obyektiga) zarar yetkazishga 
qaratilganligi tushuniladi, ularning qadr-qimmati qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
ularga tajovuz bo‘lganda jinoyat shunchalik xavfli bo‘ladi. Bundan kelib 
chiqib, 
tajovuzning xavfli bo‘lishi
uning jinoyat zararliligi jihatidan 
ta’riflaydigan xususiyati bo‘lib, jinoyat jamiyat uchun qanchalik zararli 
bo‘lsa, qilmish shunchalik xavfli bo‘ladi. Bunda tajovuz xavfliligini 
baholash ham amalga yetkazilgan, ham taxminiy yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan zarariga ko‘ra o‘tkaziladi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin