bo‘lsak, amnistiya va afv etish institutlari ham insonparvarlik prinsipining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodasidir.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mazkur prinsip og‘ishmay
amalga oshirilayotganligi haqida so‘nggi paytlarda amaldagi Jinoyat
kodeksiga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlar ham dalolat beradi:
– jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan shartli
ravishda ozod qilish qoidalari soddalashtirildi
1
;
– jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda
qayta
tarbiyalash imkoniyati sifatida iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash ko‘lami
kengaytirildi;
– jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosi olib tashlandi va umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi
2
(shuni ta’kidlab o‘tish lozimki,
o‘lim jazosi bekor qilingunga qadar ushbu jazo faqat
ikki holatdagina
tayinlanishi mumkin edi: og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam
o‘ldirish va
terrorizm jinoyatlari, shuningdek, qonunda o‘lim jazosi
ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga
nisbatan qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan edi).
Dostları ilə paylaş: