JK 8-moddasi 1-qismida jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, uning 2-
qismida, umuman, jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu
o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib
xizmat qiladi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy
javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi
ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda uning mazkur qilmishi
uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida odillik prinsipi jinoyat
subyektlarining tengligini belgilovchi fuqarolarning qonun oldida tengligi
prinsipini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan bir qator rasmiyatchiliklarni
bartaraf etishga xizmat qiladi. Odillik prinsipi jinoyat ishlarini ko‘rishda
odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning qonun oldida haqiqiy
tengligiga erishishning obyektiv imkoniyatini ifoda etadi. Fuqarolarning
qonun oldida tengligi va odillik prinsipining birgalikda tatbiq qilinishi
keng ma’noda qonunni amalda to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati hamda huquqni
qo‘llash faoliyatida jinoyat huquqi subyektlari tengligining real asoslarini
belgilaydi.
10-§. Ayb uchun javobgarlik prinsipi Jinoiy javobgarlik – bu yuridik javobgarlikning muayyan turi bo‘lib,
jinoyat sodir etgan shaxs uchun jinoyat qonunida belgilangan ayrim salbiy
oqibatlar yuzaga kelishini tavsiflaydi. Javobgarlik bir butun alohida institut
sifatida bir qator umumiy va xususiy, jumladan, jinoyat sodir qilgan
shaxsni tuzatishga yo‘naltirilgan belgilarga ega.
Jinoyat sodir etgan shaxsning
tuzalishi deb, eng avvalo, jinoyat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida taqiqlangan harakatlar (harakatsizlik)ni
sodir etmaslikka undovchi qonunga itoatkorlikni shakllantirish tushuniladi.
Tuzalish jarayoni, jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan maqsadga
erishishda ayb uchun javobgarlik prinsipi asosiy rol o‘ynaydi.
43