Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 12-moddasida
ifoda 
etilganidek, uning qo‘llanishi mumkin bo‘lgan hudud doirasidir. Bu 
o‘rinda Jinoyat kodeksining hududiylik prinsipi fuqarolik prinsipiga o‘z 
navbatini topshiradi. Qonun talabiga binoan, fuqarolik prinsipi faqat 
jinoyat xorijiy davlat hududida sodir etilgan holda qo‘llaniladi, lekin 
umuman O‘zbekiston hududidan tashqarida emas. 
Fuqarolik prinsipining tarkibiy elementi sifatida qonun jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asosni O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq ravishda belgilaydi. Jinoiy javobgarlikka tortishga 
asos sifatida Kodeks faqat boshqa davlat hududida sodir etilgan jinoyat 
faktini ko‘rsatadi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, bu o‘rinda konkret qilmishning jinoyat 
sifatida baholanishi uchun ikki shart mavjudligi talab etiladi: 
birinchidan, mazkur qilmish sodir etilgan davlat hududida bu qilmish 
uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi; 
ikkinchidan, bu qilmishning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksida jinoyat deb baholanishi. 
Yuqorida keltirilgan shartlar majmuining mavjud bo‘lishi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortishga asos bo‘ladi. Bu qonunchiligimizning inson erkinligi va 
huquqlarini uning eng oliy boyligi sifatida tan olish g‘oyasini bildiradi. 
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchilar chet 
davlat hududida jinoyat sodir etganda o‘sha mamlakatda bu qilmishlar 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1999 й., 3-сон 65-модда; Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 22-23 сон 256-модда. 
79 


jinoyat hisoblanmasa, buni aniqlash mumkin bo‘lmaydi (masalan, 
bachchavozlik, valyutalarni noqonuniy sotib olish, sotish va hokazo). 
Shuningdek, O‘zbekistonda qilmish jinoyat hisoblanmaydigan bo‘lsa, chet 
davlatda hisoblanadigan bo‘lsa ham, javobgarlikka tortilmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, chet davlat qonunchiligida qilmish jinoyat 
qonunida taqiqlangan bo‘lsa ham, sud va tergov organlari ishni ko‘rishda 
konkret qilmish uchun aybdorni jazolash imkoniyati bor yoki yo‘qligidan 
kelib chiqmay, bunday jinoyat shu davlatda jinoiy jazolanadigan harakat 
deb baholanadimi yoki yo‘qmi, degan savoldan kelib chiqishi kerak. Aks 
holda, jinoyat sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilmasligi 
O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyatga, amaldagi boshqaruv 
tartibiga, xavfsizlikka, davlat hokimiyati tizimiga qarshi yo‘naltirilgan 
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan respublika hududida 
doimiy yashovchi shaxs boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun 
agar o‘sha davlat qonuni bo‘yicha jazolanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Fuqarolik prinsipining ushbu qoidasiga muvofiq, chet davlatda jinoyat 
sodir etgan shaxs, faqatgina o‘sha davlat qonuni bo‘yicha javobgarlikka 
tortilmagan bo‘lsa jazolanishi mumkin. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin