69
O 'zbekiston Respublikasida joylashuvning guruhli shakllari
Yirik
shaharlar
Shaharlar-
markazlar
aholisining
soni, ming
kishi
O 'rta
cha
kattalik
dagi
shahar
lar
Shaharlar-
markazlar
aholisining
soni, ming
kishi
Kichik
shaharlar
Shaharlar-
markazlar
aholisi
ning soni,
ming kishi
2003y. 2025y.
2003y. 2025y
2003y.
2025y.
Toshkent 2132,3
2700 Nukus
217,9 360
Beruniy-
To‘rtko‘1
53,6
50,1
80
72
Samar-
qand
360,8 550
Urganch
137,6
190
Q o‘n-
g'irot
35,9
85
Naman
gan
399,4 550
Buxoro
238,3 370
Chimboy
45,7
70
Andijon
345,7 550
Qarshi
207,0 290
Xiva
49,7
70
Farg'ona-
M arg‘ilon
184,0
+
160,9
225
+
190
Shahri-
sabz
89,2
125
G ‘ijdu-
von
38,6
60
Termiz
118,3
168
Zarafshon
53,8
75
Jizzax
135,5
190
Katta-
q o'rg'on
65,3
85
Navoiy
141,9 200
Guliston
55,6
72
Qo'qon
200,6 230
Yangiyer
- Xovos
27,8
27,7
74
Angren-
Olmaliq
128,2
145
Parkent
45,5
62
Bekobod
84,4
105
Chust-
Pop
63,2
22,5
80
40
Eslatma:
Tizimdagi
shahar-markazning gavjumligi
kattaligi
bo‘yicha
joylashuvning guruhli shpikllariga ajratish mezoni hisoblanadi: yirik
markazlar uchun - 500 ming kishi va undan ko‘p; o ‘rtacha kattalikdagi
shahar-markazlar uchun - 100-500 ming kishi; kichik shahar-markazlar
uchun-5 0 -1 0 0 ming kishi. Bunda shahar-markazlarga transportda
qatnash: yirik tizimlar uchun- 1 2 0 daqiqagacha, o'rtacha tizimlar
uchun - 90 daqiqagacha; kichik tizimlar uchun - 60 daqiqagacha
70
Takrorlash uchun savollar:
1. Qishloq hududlardagi aholi joylashuvi tizimidagi mavjud
muammoni qaysi omillar keskinlashtirmoqda
2. Qishloq hududlardagi aholi joylashuvi tizimidagi muammoning
mohiyati nimadan iborat?
3. Qishloq hududlardagi aholi joylashuvining shakllangan tizimi
dagi muammo mazmuni qaysi asosiy holatlar mujassamligida ochib
berilishi mumkin?
4. Qishloq aholi punktlarini shahar va qishloq joylashuvining
yagona tizimiga integratsiya qilish vazifasi qaysi ikkita tarkibiy
qismdan iborat?
5. Qishloq hududlarda aholi joylashuvi tizimi rekonstruk-
siyasining hozirgi bosqichidagi asosiy vazifasi nimadan iborat?
6. Quyi darajali markazlar - kichik va mayda qishloq aholi
punktlari joylashgan tizim markazlariga qanday rol ajratiladi?
7. Turli darajadagi tizim tashkil qiluvchi markazlar tarmogMni
rivojlantirish va zichlash bilan bir qatorda yana qaysi omil qishloq
aholi punktlarini yagona tizimga integratsiya qilishda o‘ta muhim
hisoblanadi?
8. Qishloq joylardagi aholi punktlarini joylashtirish muammosini
hal qilishning asosiy yo‘nalishlarini qaysi uchta vazifadan iborat
butunlikda ko‘rish zarur?
2.3. Jo y la sh tirish n in g m ahalliy tizim larin i tuzilm aviy-rejali
tashkil etish
Joylashtirishning mahalliy tizimlarini qishloq aholi punktlari va
faoliyatning hududiy turlarini rivojlantirish bilan bogMiq shakllantirish
shahar va qishloq aholi punktlarining o ‘zaro bogMiqlikda rivojlantirish
masalasini hal qilishga, shuningdek bu kabi rivojlanishning aniq
shaharsozlik shakllari yaratilishiga yordam beradi. Lekin, aholi
punktlarini loyihashtirishning hozirgi amaliyotida alohida shakllangan
aholi punktlarini rejalashtirish va ularda turli soha obyektlarini qurish
asosiy shaharsozlik masalasi boMib kelmoqda. Bu kabi yondoshuv
shahar va qishloq aholi punktlarining o ‘zaro bogMiq ravishda
rivojlanish tendensiyasiga ziddir. Shu sababdan, aholi punktlarini
71
rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik masalalari vechimiga kompleks
yondoshuv zarurati borgan sari dolzarb ko'rinishga ega boMmoqda.
Ma’muriy tumanlarda qishloq aholi punktlari rivojlanishidagi
asosiy yo‘nalishlami va muvofiq xo‘jalik infratuzilmalarining hududiy
tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlarini o ‘rganish va tahlil qilinishi
joylashtirishning mahalliy tizimlaridagi funksional va rejali tuzil-
malari shakllanishidagi quyidagi muhim jihatlarini ochib bermoqda:
-joylashtirishning mahalliy tizimlarini shakllantirish jarayonida
aholi punktlari-markazlaming tuzilma tashkil qiluvchi roli va
ahamiyati kuchayib borayapti, bu holat ma’muriy tuman aholisining
aksariyat qismi mahalliy markazga jamlanishida ifodalanadi;
-xo‘jalik o ‘zgarishidagi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sir qilish
zonasidagi joylashuvning xususiyatlarni belgilab beruvchi omil
sifatida mahalliy markaz ahamiyatining ortishi;
-shakllanayotgan tizim doirasida joylashuvning hududiy va
funksional jihatdan birlashishi, bunga yuqorida sanab o ‘tilgan
jarayonlar sabab bo'lmoqda;
-mahalliy tizimlaming funksional va tuzilmaviy-funksional yaxlit-
ligining kuchayishi, bunga ular doirasidagi transport tarmoqlarining
takomillashuvi, aholining mehnat va madaniy-maishiy mayatniksimon
migratsiyasi, aholiga qishloqlararo
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
tizimining shakllanishi va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatishning
ko‘chma shakllari rivojlanishi kabi omillar yordam beradi;
agrar-sanoat integratsiyasi jarayonlarining asosan joylashuvning
mahalliy tizimlari doirasida rivojlanishi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga agrar-sanoat birlashmalami
tatbiq qilish va shu yo‘l bilan ma’muriy tuman yoki tumanlar guruhi
ishlab chiqarish tizimini hududiy ishlab chiqarish birligiga aylantirish
uchun dastlabki shartlami yaratilishi mahalliy markaz va istiqbolli
qishloq aholi punktlarining funksional tuzilmasini murakkablashtirish
va takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga aholi punkti -
mahalliy markazning intensiv ta’siri ostidagi zonada agrosanoat
ishlab chiqarish infratuzilmasi jamlanishi uchun sharoitlar tashkil
qilinadi. Bir vaqtning o‘zida markazdan uzoqda joylashgan mahalliy
joylashuv tizimlarida mehnatkashlar mavsumiy yoki vaqtincha
ishlaydigan ishlab chiqarish bazalari rivojlanishi uchun dastlabki
shartlar ham yaratiladi.
72
Sanab oMilgan tendensiyalaming barchasi istiqbolli joylashuv
xarakteriga, joylashuvning mahalliy tizimlari va, mos ravishda,
markazlar vazifasini bajaruvchi yoki, aksariyat hollarda, joylashuv
ning mahalliy tizimlarida oddiy bo'g'in sifatida qaraladigan aholi
punktlarining rejali tashkil etilishiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Shu
bilan birga, bu tendensiyalar barcha shaharsozlik tadbirlar va, birinchi
navbatda. butun tizimdagi joylashuv rivojlanishi manfaatlarini hisobga
olgan holda markazlaming rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning
ijtimoiy, iqtisodiy va me’moriy-rejali nuqtayi nazardagi samaradorligi-
ni
baholash
zarur
ekanligini
ko'rsatadi.
Bu
tendensiyalar
joylashuvning
shakllanayotgan
mahalliy
tizimlarini
yagona
shaharsozlik butunligini va kelgusida ular asosida sifat nuqtayi
nazarida yangi, shaharsozlik nuqtayi nazarida yagona tuziim alar-
joylashuvning lokal hududiy birliklari paydo boMishini shartlab
beradilar (2.3.1 -rasm).
Bu kabi joylashuv birliklarini ishlab chiqarish aloqalarini hisobga
olgan holda yaratilishi shakllangan qishloq joylashuvini o'zgartirishda
prinsipial ahamiyatga ega, sababi, joylashuvning lokal hududiy
birliklaridagi aholi punktlari butun mujassamligining («loter»)
rivojlanishini boshqarish bo‘yicha tadbirlarning (iqtisodiy, ijtimoiy,
shaharsozlik va b.) yagona kompleksi ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Tuman
doirasida xo'jalik yoki
ijtimoiy umumiylik asosida
shakllanayotgan har bir hududiy joylashuvning lokal birligi yuqorida
sanab oMilgan tendensiyalar ta’siri ostida kelgusida mahalliy markaz
tomonidan boshqariladigan va kommunikatsiyalaming umumiy tizimi
bilan bogMangan turar-joy, mehnat va dam olish zonalaridan tarkib
topgan komplekslami tashkil qiladilar. Lokal hududiy birlik aholisi
uchun istiqbolda kundalik xususiyatga ega boMishi kutilayotgan
mehnat va madaniy-maishiy aloqalar tufayli bunday birliklar, o ‘z
mohiyatiga ko‘ra, joylashuvning an’anaviy shakli, ya’ni muvofiq
oMchamga ega shahar (rejali tuzilmasi tarqoqlashgan) sifatida
ko‘rilishi mumkin boMadi.
Shunday shakllanayotgan joylashuv birliklarida joylashuv va
hududdan foydalanishda har xillikning oshib borayotgan xususiyati
namoyon boMmoqda. Qishloqlararo mehnat va madaniy-maishiy
aloqalaming bugungi kundagi rivojlanishida yon-atrofda yashovchi
aholining mahalliy markazlarda ishlaydilarining ulushi ancha salmoqli
boMib, ba’zida mahalliy markazda ishlovchilaming 20-25% ni tashkil
73
qilmoqda. Bunday vaziyat ko'proq qishloq aholi punktlarining
ko'pchiligi markaziy aholi punktiga yondosh bo'lganida kuzatiladi.
Bunday holatda mahalliy markaz (tuman markazi) o ‘ziga yondosh
qishloq aholi punktlari, shuningdek o ‘z hududi chegaralari yaqinida
joylashgan ayrim qishloq xo'jalik obyektlari bilan joylashuv yadrosini
shakllantiradi, bu yadro lokal hududiy joylashuv birligining rejali
tuzilmasida yetakchi o'rinni egallaydi.
Shahardan tashqarida yashaydigan, lekin markazda ishlaydigan
mehnatkashlar joylashuvining chiziqli radiusi bir qator omillarga,
birinchi navbatda, transport qatnoviga bog'liq ravishda sezilarli
darajada farqlanadi. Shaharlikmas mehnatkashlaming katta qismi
(30% va undan ko‘p) mahalliy markazga avtobus qatnovi bilan
bog‘langan bo'lib, odatda, shahardan IS km dan uzoq bo'lmagan aholi
punktlarida yashaydilar. Bunday mehnatkashlaming aksariyati uchun
joylashuv zonasi markaziy aholi punktidan 10-12 km uzoqlikdagi
radiusni tashkil qiladi. Bir soatli yo‘l radiusida joylashgan qishloq
aholi punktlarida yashovchi aholi (shuningdek, 10-15 km uzoqlikda,
ya’ni 1,5 soatli radiusda yashaydiganlar ham) tumanning boshqa aholi
punktlariga qaraganda tuman markazi bilan ko‘proq va yaqinroq,
taxminan haftasiga bir marta aloqada bo'lib, tuman markazidagi
asosiy madaniy-maishiy muassasalardan foydalanadilar. Mehnat va
madaniy-maishiy aloqalar tahlili shuni ko'rsatdiki, ushbu zonada
joylashgan qishloq aholi punktlari shahar bilan boshqa aholi
punktlariga qaraganda ko'proq aloqada bo'lar ekanlar. Bundan kelib
chiqib aytish mumkinki, ko'pchilik tuman markazlari 10-15 km
radiusda o'ziga xos «intensiv ta’sir zonasi»ni tashkil etadilar.
Bayon etilganlaming hammasi mahalliy markaz va unga yaqin
joylashgan qishloq aholi punktlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar
yetarlicha murakkab xususiyatlarga ega ekanligidan va mahalliy
markazga tushayotgan yuklama nafaqat mavjud, balki, intensiv ta’sir
zonasida yashaydigan aholining kundalik qatnovlari natijasida borgan
sari ortib borishidan dalolat beradi. intensiv ta’sir zonalaridagi aholi
punktlari aksariyat hollarda tumanning boshqa qishloq aholi
punktlariga qaraganda tezroq rivojlanadi. Natijada, ushbu zona
joylashuvning mahalliy tizimi va uning markazi tuzilmaviy-rejali
tashkil etilishining mustaqil kompleks omili sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |