Qishloq aholi


L oyiha institutlarining m utaxassislari tom onidan uylar jo y la sh u v i­



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

L oyiha institutlarining m utaxassislari tom onidan uylar jo y la sh u v i­
ning uchta a so siy usuli ishlab chiqilgan: ko'chalar bo'ylab (turar-joy
ko'ch asi); m avzelar perimetrlari bo'yicha; ochiq va yopiq hajm lam i
233


tashkil qiladigan guruhlar shaklida (31-jadval). Ko'rsatilgan usullar- 
ning hammasi turli tipdagi uylami qurishda qo'llanilishi mumkin.
Uylami ko‘ chalar bo'ylab joylashtirish usuli loyihalashtirishning 
zamonaviy amaliyotida keng tarqalgan. Bu kabi joylashtirishning 
kompozitsiyalari ko‘ p: uylar ko'chalarning ikki tomoniga o'zgaruv- 
chan tartibda joylashtirilishi, bu usul qo'llanilganida bir maromdagi 
qatorlar uylar va yashil o ‘ simliklardan iborat guruhlar bilan 
almashinib turadi; alohida joylashtirilgan urg‘ u elementlari boMgan 
uzluksiz tasma ko‘ rinishida; ko'cha tomonga ochilgan chuqur hajmlar 
tashkil qilinishi bilan, bunda ko'chalar tabiiy sharoitlar va posyol- 
kaning umumiy kompozitsiyasiga bogMiq ravishda to'g'ri yoki egri 
chiziqli boMishi mumkin.
Bir qavatli yakka tartibda qurilgan va bir oMchamli tomorqa 
maydonlariga ega uylardan tashkil topgan mavzening me’ moriy kom- 
pozitsiyasi aksariyat hollarda j o ‘ n ko'rinishda boMadi. Rejalashtirish 
shartlari uylar bir tekisda joylashtirilib, bir-biriga o'xshash qatorlar 
shakllanishini belgilab beradi. Ko'p xonadonli 2-4 qavatli turar-joy 
binolari mavze shaklida qurilganida mavze hududi va hajmi umumiy 
funksional-rejali ko'rinishga ega boMib, yagona fazoviy kompozitsi- 
yani tashkil qiladi. Mavze ichidagi maydonlar bir-biri bilan o'zaro 
bogMangan hovlilarga boMinishi kabi rejalashtirish usuli ijobiy 
baholandi. Bunda hovlilar ichida bogMar, bolalar maydonchasi va 
xo'jalik bloklari joylashtirilishi mumkin. Eng katta mavzelar oMchami
6-8 gektar, eng kichiklariniki esa 1,5-2,0 gektar qilib belgianadi.
Ko'proq bosh ko'cha, jamoat markazi yoki tabiiy landshaft 
tomonga yo'naltirilgan katta bo'lmagan maydon atrofida bir xil yoki 
turlicha tipdagi 
turar-joy 
binolari joylashtirilishi 
ham 
keng 
qo'llanilmoqda. Uylar guruhi posyolkaning birlamchi rejaviy va 
kompozitsion elementi sifatida uy laming tiplari va tarkibiga bogMiq 
ravishda turli o'lchamlarga va hajmiy-rejali yechimlarga ega bo'lishi 
mumkin. Undan tashqari, guruh tarkibida umumiy foydalanishdagi 
bog', kattalar dam olishi va bolalar o'ynashi uchun mo'ljallangan 
maydonchalar 
tashkil 
qilinishi 
mumkin. 
Turli 
tipdagi 
uylar 
guruhlarining shakllanishi demografik tarkibi turlicha bo'lgan 
oilalami posyolka doirasida bir maromda joylashtirish imkoniyatini 
beradi. ko'p xonadonli va yakka tartibda qurilgan uylaming o'zaro 
nisbati loyihalashtirish jarayonida demografik ko'rsatkichlar asosida 
qurilish hududining sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
234


0 ‘ zbekiston sharoitlari uchun turar-joy binolari joylashtiri- 
lishining eng optimal usuli, bu turar-joy guruhlarini tashkil etish 
hisoblanadi. Bunday guruhni tashkil etish uchun qo'shnilar jamoasi 
asos bo‘ lib xizmat qiladi. Guruhning taxminiy tarkibi 20-40 oiladan 
(100-250 kishi) iborat bo'ladi. Turar-joy guruhining markazi umumiy 
foydalanishdagi uchastok bo'lib, uning tarkibida bolalar va jismoniy 
tarbiya maydonchalari, shuningdek jamoaviy va bayram tadbirlarini 
o ’ tkazishga moMjallangan maydoncha loyihalashtiriladi.
Posyolkalardagi turar-joy binolari qurilishini shakllanishida res- 
publikaning tabiiy-iqlimiy sharoitlari o‘ ta muhim ahamiyatga egadir- 
lar. QMQ 2.08.01-94 normativ hujjatda 0 ‘ zbekistonning turli minta- 
qalari sharoitlarida tipologik prinsiplar belgilab berilgan (5.2.1-rasm). 
Turar-joy binolarini loyihalashtirish O'zbekiston Respublikasi hududi­
ni zonalashtirish bo'yicha ko'rsatkichlariga muvofiq amalga oshirili- 
shi lozim.
I zona - sahrolarga xos iqlimning faol ta’siri ostida bo'lgan va 
ekstremal yozgi sharoitlari mavjud hududlar. Bu zonada jaziramali 
davrlar uzoq davom etadigan kichik zonalar (I A va I В kichik 
zonalar), changlanglik darajasi yuqori kichik zonalar (I A, I В val V 
kichik zonalar), qishi sovuq kichik zonalar (I G) ajratilgan.
II zo n a-to g' oldi vohalar, vodiylar va past tog'li hududlar, bu 
zonadagi landshaft-iqlimiy sharoitlar nisbatan qulay hisoblanadi.
IHzona - ekstremal iqlimiy sharoitlarga ega baland tog'li hududlar.
Zonalar va kichik zonalaming xarakteristikalari QMQ 2.01.01.-94 
«Loyihalashtirish uchun iqlimiy va fizik-geologik ko'rsatkichlar» 
berilgan.
Ushbu zonalardagi asosiy tipologik xarakteristikalar quyidagilar:

zona sharoitlari uchun xonadonlar, turar-joy binolari va turar- 
joy tuzilmalarining tashqi ekstremal sharoitlardan (jazirama issiq va 
qum bo'ronlaridan) himoya qiluvchi yagona tizimni tashkil qiladigan 
rejaviy yechimlar ishlab chiqilishi lozim; turar-joy tuzilmalari 
(qo'rg'on va turar-joy guruhi miqyosidagi) yopiq yoki yarim yopiq 
kompozitsiyali, himoyalangan rekreatsiya zonalari (turar-joy xonalari 
asosan himoya qilingan tomonga ochiladi) bilan loyihalashtirilishi 
lozim; umumiy xona va yozgi xonalar foydalanishning yopiq rejimiga 
moslashtiriladi; yozgi xonalar usti yopiq kichik hovli shaklida (kam 
qavatli uylarda) yoki oynavand ayvonlar ko'rinishida (ko'p qavatli 
uylarda) quriladi (5.2.2-rasm).
235


II zona sharoitlari uchun tashqi muhitning qulay sharoitlaridan 
(yashil o‘ simliklar, suv, tog‘ -vodiyga xos havo sirkulatsiyasi va b.) 
maksimal tarzda foydalanishni ko'zda tutuvchi turar-joy binolari va 
turar-joy tuzilmalaming rejaviy yechimlar ishlab chiqilishi lozim. 
Turar-joy muhiti mahalliy shamollaming asosiy qulay yo'nalishlarini 
ham hisobga olgan holda shakllantiriladi. Yozgi xonalar tu ri- 
an’anaviy ayvon (ochiq yoki oynavand) (5.2.2-rasm).
III zona sharoitlari uchun turar-joy binolari va turar-joy 
tuzilmalaming rejaviy yechimlari (qo'rg'on va turar-joy guruhi 
miqyosidagi) ixchain kompozitsion-rejali tuzilmaga asoslanib, turar- 
jo y muhitini qishdagi sovuq iqlimga moslashuvini hisobga olishi 
lozim. Yozgi xonalar turi - an’ anaviy ayvon (oynavand yoki ochiq) 
(5.2.4-rasm, 5.2.5-rasm).
Posyolkaning rejali tashkil etilishi va fazoviy kompozitsiyasiga, 
hududlardan foydalanish xarakteri va samaradorligiga, muhandislik 
nuqtai nazarida jihozlanishiga shaxsiy tomorqadagi xo'jalikni hududiy 
tashkil etilishi katta ta’ sir ko'rsatadi. Shaxsiy yordamchi xo'jaliklar 
hajmi va ulami yuritish xususiyatlariga ko'ra 3 ta turga bo'Iinadi: 
minimal, cheklangan va rivojlangan. Tarkibida bog', kichik tomorqa 
va parranda boqish uchun mo'ljallangan xonalari bo'lgan xo'jaliklar 
«minimal» xo'jalik toifasiga kiradi. «O'rtacha» xo'jaliklarda mayda 
tuyoqli chorva mollari uchun og'ilxonalar ham bo'ladi, «rivojlangan» 
xo'jaliklarda esa yirik qoramol boqiladigan og'ilxona va qurilmalar 
mavjud bo'ladi.
O'zbekistondagi qishloq aholisining deyarli 80% shaxsiy xo'jalik- 
ning rivojlangan turini, qolgan qismi, asosan, o'rtacha xo'jalik yurita- 
di. Cho'l va sahro, shuningdek baland tog'li mintaqalardan tashqari 
barcha joylarda bog' va kichik ekin maydonlari parvarish qilinadi. 
Tomorqa uchastkalarining quyidagi funksional zonalari mavjud: turar- 
jo y hovlisi (turar-joy xonalari bilan), maishiy qurilmalar - yozgi osh- 
xona, mahsulotlar ombori (ayrim hollarda sanitariya-gigiyenik xona­
lar), bog'-tomorqa, xo'jalik hovlisi-og'ilxona, uy parrandalari uchun 
qurilmalar, xo'jalik anjomlari, yem-xashak saqlanadigan omborlar va 
h.k.
Hovlidagi turli qurilmalaming tarkibi va o'zaro nisbati turlicha 
bo'lishi mumkin. Dehqonchilik va chorvachilik hududlar uchun 
bog'dorchilik, kichik tomorqalarda ekin yetishtirish, yirik qoramol va 
parranda boqish kabi xo'jalik turlari xos. Bunday xo'jaliklar, asosan,
236


vohalarda va tog‘ etagidagi vodiylarda yuritiladi. Chorvachilik va 
yaylov qo‘ychiligi bilan shug'ullanuvchi xo‘jaliklar ulushi katta boM­
gan hududlarda bog* va kichik tomorqalar aytarli yaxshi rivojlanma- 
gan, xo'jalik qurilmalari, asosan, mayda tuyoqli uy hayvonlari uchun 
moMjallangan. TogMi va choM mintaqalarda bu kabi xo‘jaliklar salmo- 
gM katta boMadi.
Uyning, hovlidagi qurilnialar joylashuviga. Shuningdek hovli 
hajmini shakllanishiga zonalarga xos omillar bevosita ta'sir ko‘ rsatadi. 
Ushbu omillar yozgi turmushni tashkil qilish turini va hovlini 
obodonlashtirish bo‘yicha kompozitsion yechimlar tizimini belgilab 
beradilar. ChoM zonasining tekislikdagi hududlarida hovlida hajmlar- 
ning yopiq variantini shakllantirish imkoniyatlari ko‘ zda tutiladi 
(5.2.6-rasm, 5.2.7-rasm).
Hovli hajmining ochiq tizimi tog‘ oldi zonalar uchun nazarda 
tutiladi, bu tizim turar-joy hovlisini bog‘ bilan qo‘ shi!ib ketishi uchun 
imkoniyat yaratadi. Hovlining ushbu turdagi tuzilmalari rasmlarda 
ko'rsatilgan (5.2.9-rasm, 5.2.10-rasm, 5.2.11-rasm, 5.2.12-rasm).
«O ‘ zqishloqloyiha» instituti tomonidan har bir zona uchun tabiiy- 
iqlimiy sharoitlarga, qurilishning moddiy-texnik bazasiga mos keluv- 
chi, aholining ijtimoiy-demografik tarkibini va me’ morchilik va quri­
lishning ilg‘ or an’analarini hisobga olgan turar-joy binolarining mus- 
taqil seriyalari ishlab chiqilgan (5.2.13-rasm, 5.2.14-rasm, 5.2.15- 
rasm).
0 ‘ zbekiston sharoitlariga mos keladigan turar-joy binolarini 
loyihalashtirish 
uchun 
uy-hududlarini 
me’ moriy-rejali 
tashkil 
etishning ilg'or usullaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Turar- 
joy binolarining tarixiy shakllangan tuzilmalarini tadqiqot qilish 
natijasida mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish bo'yicha juda 
ko‘ plab o ‘ ziga xos va samarali g‘ oyalami ochib berdi.
0 ‘ zbekiston olimlarining bu yo'nalishda olib borgan tadqiqotlari 
natijasida respublikaning turli iqlim mintaqalari uchun xos boMgan 
asosiy tuzilmalari aniqlandi. Ular qatoriga milliy uy-joylaming 
xorazmcha, buxorocha, farg'onacha kabi turlarini kiritish mumkin 
(5.2.16-rasm, 5.2.17-rasm, 5.2.18-rasm). Ulami rejali tashkil etilishi­
ning o‘ ziga xos jihatlari maxsus adabiyotlarda keng yoritilgan. Biroq, 
ushbu uy-joylaming xalq an'analarini zamonaviy qishloq uylarini 
loyihalashda qoMlash masalasi qishloq me’ morchiligida eng dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. O'zbekistondagi tadqiqot va loyiha
237


institutlari. OO'YUIari tomonidan bu yo'nalishda, ya’ ni xalq 
an’analarini hisobga olgan holda qishloq uylarining optimal me’ moriy 
yechimlarini topish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 
Izlanishlar natijasida yaratilgan loyiha takliflarining ba’ zi namunalari 
5.219- va 5.2.20-rasmlarda keltirilgan.
Bugungi kunda 0 ‘ zbekistonda ko‘ p bolali va murakkab oilaviy 
tuzilmalaming zichligi yetarli darajada yuqori. Bu tendensiya, ayniqa, 
qishloq joylarda keng tarqalgan, ba’ zi hududlarda bunday oilalaming 
ulushi 60% ni tashkil qiladi. Murakkab tuzilmaga ega oilalar ulushi 
taxminan 30% ga teng. K o‘ p bolali oilalar qatoriga ota-ona va 4 yoki 
undan ko‘ p bolalardan tarkib topgan oilalar kiradi. Bunday oilalar, 
agar balog'at yoshiga yetgan bir nechta aka-ukalar bo‘ lsa, murakkab 
oilaviy tuzilmalarga o ‘ tishdagi asosiy omillardan biri bo'lib xizmat 
qiladi. Murakkab tuzilmaga ega oilalar qatoriga tarkibida ota-ona, er 
yoki xotinning keksa ota-onasi. shuningdek yaqin qarindoshlari (oila 
boshlig‘ ining aka-ukalari yoki opa-singiliari) 4 va undan ko‘ p far- 
zandlari bo'lgan oilalar kiritiladi. Undan tashqari, murakkab oilalar- 
ning aksariyat qismi 2 yoki undan ko'p turli oilalardan iborat bo'ladi.
TashZNIIEP instituti tomonidan qishloq uy-joylarini me’ moriy- 
rejali tashkil etishda quyidagi joylashuv tizimlari taklif qilingan: 
qo'shma (keksalar uchun alohida ajratilgan zonasi bo'lgan bitta 
xonadon); qo'shma va qo'shma-ajratilgan (turar-joy binosidagi bitta 
xonadon, unda turar-joy va yordamchi xonalaming ikkita guruhi, 
shuningdek ushbu, bittasi keksa ota-ona yoki uylangan bolali va 
bolasiz o 'g 'il uchun moMjallangan guruhlar o'rtasida transformatsiya 
vositasi mavjud);qo'shma-ajratilgan (qo'rg'oncha turidagi turar-joy 
binosidagi bitta xonadon, uning tarkibida 2 ta mustaqil turar-joy gu­
ruhi, oshxona va sanitariya bo'lmalari, shuningdek turar-joy guruhlari 
o'rtasida ichki rejaviy tog'lanishlar mavjud), yaqin-ajartilgan (bitta 
hovlida ikkita xonadon joylashadi, ichki rejaviy bog'lanishlar yo'q, 
funksional aloqa faqat hovli, shuningdek ko'chadan kiradigan eshik 
yoki orqa tomondagi eshik orqali ko'zda tutiladi).
Qishloqdagi uy-joy qurilishida yuqorida keltirilgan joylashuvning 
birinchi ikkita turi ko'p bolali oilalar uchun turar-joy rejali tuzilmasi 
uchun dastlabki shartlar bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi va to'rtinchi 
turlari esa murakkab tuzilmaga ega oilalar uchun ana shunday vazifani 
o'tab beradi.
238


T
u
ra

jo

b
in
ol
ar

ti
pi

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin