маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
2 5337135359413194831

Nazorat uchun savollar: 
1. Kavkazorti sivilizatsiyalari qanday o’xshash va o’ziga xos 
xususiyatlarga ega? 
2. Kavkazorti sivilizatsiyalari taraqqiyotida antik dunyo ta’siriga baho 
bering. 
3. Kavkazorti sivilizatsiyalarining yutuqlari qadimgi Sharq madaniy 
taraqqiyotida qanday rol o’ynadi? 


68 
 
8-mavzu: Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron 
Asosiy savollar: 
1. M.a. IV-I ming yilliklarda Qadimgi Eron sivilizatsiyalarining 
shakllanishi va taraqqiyoti 
2. Ahamoniylar sulolasi va Parfiya davrida Eron. 
1-savolning bayoni: 
 
Qadimgi Eron tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: 
Elam sivilizatsiyasining vujudga kelishi va gullab-yashnashi (m.a. IV 
ming yillik oxiridan m.a. VII asr oxirigacha); Midiya davri (m.a. VIII- 
VI asr o’rtalari); Ahamoniylar davri ( m.a. VI asr o’rtasidan 330 
yilgacha); Parfiya davri ( m.a. III asr o’rtasidan – taxminan 224 
yilgacha).
Eron janubi-g’arbiy qismining tub aholisi elamliklar bo’lgan. 
Zagrosning g’arbiy tog’oldi hududlarida va shimoliy-g’arbiy Eronda 
kelib chiqishi hind-yevropalik bo’lmagan qabilalar, jumladan xurritlar, 
manneylar, lullubeylar va boshqalar istiqomat qilishgan. M.a. XII-XI 
asr chegaralarida G’arbiy Eronga midiya va fors qabilalari kirib kelgan, 
ular keyinchalik butun Eron tog’ligini egallab, avtoxton aholini 
assimilyatsiya qilgan.
Eronning hozirgi Xuziston viloyatini egallagan Elamda ishlab 
chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud 
edi. Eng qadimgi dehqonchilik madaniyati shaklangan hududlardan biri 
bo’lgan tekislik qismida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, jumladan 
kulolchilik ravnaq topdi. Elamning tog’li qismi esa qurilish xom-
ashyosiga, qazilma boyliklarga boy bo’lib, aholi asosan chorvachilik
bilan shug’ullangan. M.a. III ming yillik boshlarida bu hududda 
qabilalarning ilk davlatchilik birlashmalari vujudga keldi.
Shunday birlashmalardan birining poytaxti bo’lgan Suza Elamni 
Ikkidaryo oralig’i va Sharqiy Eron bilan bog’lab turuvchi muhim savdo 
yo’llarining chorrahasida joylashgan edi. Bundan tashqari Elamda 
Avan, Anshan, Kimash va Simash davlatlari mavjud edi.
Asta-sekin davlat boshqaruvining o’ziga xos tizimi shakllandi. 
Sukkalmax (buyuk vakil) unvoni bilan Suzada hukmronlik qilgan oliy 
hukmdordan tashqari uning o’rinbosari, odatda kichik uka va bo’lajak 
merosxo’r katta rol o’ynagan. U Simash sukkali (vakili) deb atalgan. 
Davlat iyerarxiyasida uchinchi o’rinni Suziana viloyatining noibi, 
podshoning katta o’g’li turgan. Kichikroq viloyatlarni esa mahalliy 


69 
shaxslar - «otalar» («adda») boshqargan, ularning vafotidan so’ng 
hokimiyat jiyanlarga (singillarning o’g’illari) o’tgan. M.a. XIII asrdan 
podsho taxti ota tomonidan meros qoladigan bo’ldi, ya’ni otadan 
o’g’ilga o’ta boshlagan.
M.a. III ming yillikda Elamdagi iqtisodiy va ijtimoiy tashkilotning 
asosiy shakli barcha erkin shaxslar kirgan va oqsoqollar tomonidan 
boshqarilgan qishloq jamolari edi. Ammo m.a. II ming yillikdan 
boshlab qul mehnatidan foydalaniladigan xususiy xo’jaliklar jadal 
rivojlana boshladi. Qishloq jamolarining o’rniga paydo bo’lgan 
qarindoshlardan tashkil topgan uy jamoalari ham mulkiy tengsizlikning 
kuchayib borishi tufayli bora-bora o’z ahamiyatini yo’qotdi.
Elamning siyosiy tarixi Mesopotamiya tarixi bilan chambarchas 
bog’liq bo’lgan. Ikki davlat bir-birlari bilan urushlar olib borgan, 
tinchlik shartnomalarini tuzgan hamda qizg’in savdo va madaniy 
aloqalariga ega bo’lgan. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad 
davlati tarkibida bo’lgan. M.a. XXII-XXI asrlarda Urning III sulolasi 
davrida ham Elam Ikkidaryo oralig’ining hukmronligi ostida bo’lgan, 
biroq XXI asrning ikkinchi yarmida mustaqillikka erishgan. M.a. XIV 
asrdan m.a. XII asrgacha Elam bobilliklarga qaram bo’ladi. M.a.XII 
asrda Elam mustaqilligini qo’lga kiritib, hatto Bobilning ko’plab 
shaharlarini bosib olgan. Eronning o’zida Elam janubda Fors 
ko’rfazidan shimolda hozirgi Hamadon shahrigacha bo’lgan 
hududlarda hukmronlik qilgan.
M.a. VIII asrda uzoq davom etgan Ossuriya – Bobil urushlarida 
Elam bobilliklarning ittifoqchisi bo’lgan. Urush so’ngida Elamning 
mag’lubiyati va Suzaning ssuriyaliklar tomonidan bosib olinishi bilan 
yakun topdi. M.a. 549 yilda urushlar tufayli zaiflashib qolgan Elam 
forslar tomonidan bosib olindi va o’z mustaqilligini yo’qotdi.
Elam sivilizatsiyasi Qadimgi Eronning ma’naviy va madaniy 
hayotiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Elamliklar m.a. III ming yillikda 
piktografik yozuvni kashf etishdi. Hozirgacha o’qishga muvaffaq 
bo’linmagan protoelam yozuvida tushunchalar va so’zlarni anglatuvchi 
150 ga yaqin asosiy belgilar mavjud edi. Protoelam yozuvida bitilgan 
sopol taxtachalar nafaqat Elam hududida (Suza, Anshan va h.k.), hatto 
Markaziy Erondagi Sialkda, Eronning janubi-sharqida (Tepa-Yahyo) 
ham topilgan.
M.a. III ming yillikning ikkinchi yarmida Elamda chiziqli-bo’g’inli 
yozuv ixtiro qilindi. 80 ga yaqin belgilar yordamida turli mazmundagi 


70 
matnlarni yozish imkoni bo’lgan. III ming yillik oxiridan to m.a. V 
asrgacha elamliklar shumer-akkad mixxatidan foydalanganlar.
Elam dini ham Mesopotamiya dini ta’sirida bo’lgan bo’lsada, 
o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan. Mamlakatning diniy markazi Suza 
bo’lgan. Elam xudolar panteoniga xudolar onasi hisoblangan Pinekir, 
Suza homiysi Inshushinaka, Xumban, quyosh xudosi Naxxunt kabi 37 
ga yaqin ilohalar kirgan.
Elamliklar m.a. IV ming yillikdayoq o’ziga xos san’at yaratishgan. 
M.a. II ming yillikda uning rivojiga Bobil san’ati katta ta’sir 
ko’rsatgan. Malika Napirasuning bronza haykali Elam san’atining nodir 
namunasidir. Elam me’morchiligining eng yirik yodgorligi m.a. XIII 
asrda Dur-Untash (hozirgi Choga-Zambil) yaqinida barpo etilgan, 
umumiy balandligi 42 metrni tashkil etgan zikkurat sanaladi.
Midiyalik va fors qabilalari m.a. I ming yillikning boshlarida 
Eronga kirib kelishgan. Ular eron tilining turli lahjalarida so’zlashgan 
va ko’pchiligi ko’chmanchi chorvachilik, shuningdek dehqonchilik 
bilan shug’ullanishgan. Ossuriya manbalarida ular haqidagi ilk 
ma’lumotlar m.a. IX asrga oid.
Midiyaliklar shimoliy–g’arbiy Eronda joylashishgan. M.a. IX
asrda bu yerda midiyaliklar va avtoxton aholini birlashtirgan o’nlab 
mayda knyazliklar mavjud edi. Forslar Ossuriya manbalarida parsua 
deb atalgan Markaziy Zagros tog’larida joylashgan viloyatda ko’plab 
mayda qabilalarga bo’linib istiqomat qilishgan.
Tax. m.a. 800 yillarda forslar midiya qabilalaridan ajralib, 
Eronning janubi-g’arbiga yo’l olishgan va vaqt o’tishi bilan Elam 
hududlarini egallab olishgan. Bu hudud ularning nomi bilan Parsa 
(hozirgi Fors viloyati) deb atalgan. M.a. VII asrning 40-yillariga qadar 
forslar Elam podsholariga, so’ngra qisqa muddat ossuriyaliklarga 
qaram bo’lishgan. Shu davrlardayoq forslar Ahamoniylar sulolasi 
tomonidan boshqarilgan qabila ittifoqiga birlashgan. Fors qabila ittifoqi 
6 ta dehqonchilik qabilasi va 4 ta ko’chmanchi-chorvador qabilalardan 
iborat bo’lgan.
Ossuriyaliklarga qarshi kurashish zaruriyati midiyaliklarning 
birlashish jarayonini kuchaytirgan. M.a. VII asr o’rtalarida Midiya 
qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. M.a. 624 yilda Kiaksar 
skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini 
birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana (hozirgi Hamadon) 
bo’lgan yagona davlat tuzadi.


71 
Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi, 
keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. M.a. 614 yilda 
Midiya va Bobil qo’shinlari Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshurni, 
612 yilda Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. M.a. 609-yilda ular 
Xarran shahrida ossur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar.
Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda Fors, 
Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani, Urartu, 
skif davlatlari Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. M.a. 585-550 
yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli
davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. M.a. 550-yilda 
forslar Midiyaga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, uni bosib oladilar.
M.a. VII va VI asrning birinchi yarmida Midiya Eronning moddiy 
va ma’naviy madaniyati markazi edi. Keyinchalik ularning yutuqlari 
forslar tomonidan qabul qilib olindi. Midiya hududida aniqlangan 
yodgorliklarni tadqiq qilish ularning ularning tarixiga oid boy 
arxeologik ma’lumot berdi. Sakkiz shahridan topilgan xazina, Xasanlu 
tepaligidan mustahkamlangan inshoot qoldiqlari, G’ilon viloyatidagi 
Marlik qabristoni shular jumlasidandir.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin