маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
2 5337135359413194831

 
2-savolning bayoni: 
Ko’p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi hind 
madaniyati bir qator qo’shni xalqlarning madaniy taraqqiyotiga kuchli 
ta’sir ko’rsatgan. O’z navbatida Hindiston tasviriy san’ati va 
me’morchiligida (ayniqsa eramizning birinchi asrlarida) qadimgi 
Yunoniston san’ati, shuningdek O’rta Osiyo mamlakatlari san’ati bilan 
bog’liq qirralar ko’zga tashlanadi.
Hind madaniyatining yodgorliklari bo’lgan Moxenjodaro va 
Xarappa xarobalaridan topilgan ko’plab miqdordagi qattiq tosh, 
yumshoq steatit, fil suyagi va sopoldan qilingan muhrlarda muqaddas 
qayvonlarning suratlaridan tashqari yozuvlar o’yib ishlangan. Hind 
yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistonda urug’chilik 
tuzumining emirilish davridan boshlab eng qadimgi quldorlik 
davlatlarining paydo bo’lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi 
va juda qadimgi shakllanishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. 
Moxenjodaro va Xarappadan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni 
ko’rsatadiki, m.a. 3 ming yilliklardayoq Hindistonda o’ziga xos 
ravishda vujudga kelgan suratli yozuv mavjud bo’lgan. Hindistonda 
alifbo-bo’g’inli yozuv m.a. 3 asrda tarqalgan. Kxaroshti yozuvidagi 
bitiklar shu davrga oid. Bu yozuv oromiy yozuvini qo’llash negizida 
paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Ashoka yozuvlarining ko’pi braxma 
yozuvining original qadimgi hind tizimida ko’lamida yozilgan bo’lib, 
bu yozuvdan devanagari, shuningdek, ko’p sonli boshqa hind 
alifbolarining ancha keyingi tizimlari taraqqiy etgan. 
Moddiy madaniyat va san’at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi 
aholisining diniy tasavvurlari to’g’risida tushuncha hosil qilish 
mumkin. Muhrlardagi tasvirlar bu yerda yashagan aholining daraxtlar, 
hayvonlar, osmon jismlariga e’tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona 
ma’buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko’rsatadi. 


92 
To’rt hayvon qurshovida yog holatida turgan erkak ma’bud
dunyoning to’rt tomonini hukmdori deb qaraladi.
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm 
va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar 
bizgacha juda ko’plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi
til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (m.a.IV asr) 
asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (Rigveda” va boshqa 
Vedalar) ritual sharhlar, nasihatlar to’plamidan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarni o’rganish uchun asosiy manba bo’lib,
diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari»), siyosat
san’ati 
to’g’risidagi 
(“Artxashastra”), 
muhabbat 
to’g’risidagi 
(Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi.
Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda
yarim afsonaviy qissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I asrlarida 
Tseylondagi budda ibodatxonalarida tuzilgan va boshqa asosan budda 
ta’limotiga oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy
arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po’stloq 
yoki mato parchasi kabi mo’rt asosda yozilgani uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid 
o’qish qiyin bo’lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa 
yozuvlar va Ashoki davri (m.a. III asr) yozuvlarigina yetib kelgan. 
Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nasiqatlarni 
hamda buddizmning keng yoyilishini, shuningdek Ashokaning diniy 
faoliyatini tasvirlaydi.
Bu yerda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati bir-
biri bilan uyg’unlashgan holda rivoj topgan. Adabiy manbalarga ko’ra 
m.av. birinchi ming yilliklarda, bu yerda dastlabki davlat paydo 
bo’lgan davrda shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog’och 
me’morchiligi ravnaq topgan.
Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Ashoka 
imperatorligi davrida (er.av.272-232) sodir bo’ldi. Ashoka hukmronlik 
qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din ibodatxonalar qurilishiga, 
tasviriy san’at namunalarining paydo bo’lishiga olib keldi. Buddaga 
bag’ishlangan me’morchilik kompozitsiyalarida qadimgi hind 
me’morchiligida mavjud an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti 
va faoliyati bilan qo’shilib ketgan afsonalar o’z ifodasini topdi. 
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog’och 
ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo
bo’lgan. Yana shuningdek, hind qadimiy obidalarini o’rganish asosan


93 
XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjodaro, Xarappa 
katta maydonlarda qazib ochilgan. 
Kundalik hayotda bo’ladigan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi 
zamonlardayoq tabiatda bo’ladigan turli hodisalarni tartibli suratda 
kuzatib borishga majbur etgan. Tibbiyot, astronomiya va matematika 
sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan. 
Diniy-sehrgarlik dunyoqarashi hukmronlik qilgan davrda qadimgi 
Sharqdagi boshqa xalqlarda bo’lgani kabi, qadimgi hindlarda ham 
fanning boshlang’ich shakllari diniy e’tiqodlar va tasavvurlar bilan 
chirmashib ketgan. Shuning uchun tibbiyot fani to’g’risidagi eng 
qadimgi ma’lumotlar diniy “Veda” to’plamlarida, jumladan, 
“Rigveda”da madhiyalarida va “Atxarvaveda”da saqlanib qolganini 
ko’ramiz.
Qurbonliklar qilishning vaqtini aniqlash uchun osmon jismlarining 
harakatini kuzatish talab etilardi, bu astronomiya bilimlarining 
rivojlanishiga olib keldi. Murakkab mehroblar, diniy inshootlarning 
qurilishi esa geometriya fanining taraqqiyotida muhim omil bo’ldi.
Vaqt o’tishi bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (jinlarni quvlovchi) 
garchi o’zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo’lsa-da, sekin-asta 
tabibga aylanadi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari 
anatomiyadan bir qadar xabardor bo’lganlar va ba’zi anatomik 
atamalarni qo’llaganlar. Hali primitiv bo’lgan bu meditsinaning 
taraqqiy eta borishi bilan, tabiblikning ba’zi bir ixtisoslari, chunonchi, 
ichki kasalliklarni, ko’z kasalliklarini davolash, jarrohlik paydo bo’ladi. 
Meditsina bilimlarining to’plana borishi eramiz boshlarida meditsina 
sohasida dastlabki traktatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Eramizgacha bo’lgan VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat 
shu lokayani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti 
shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning 
izdoshlari yerdan boshqa tarzda hayotning bo’lishi mumkin emas, 
degan fikrni olg’a surdilar. 
Charveka nomi bilan ataladigan qadimgi hind falsafiy oqimi 
tarafdorlari esa, dunyoni tabiat hodisalarini qanday bo’lsa o’shanday 
tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar.
Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq 
yigindisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil 
topgan. Charvekalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning 
zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar.


94 
Hind xalqlari fan sohasida ham ulkan yutuqlarni qo’lga 
kiritganlar. Masalan, matematika, astronomiya fanlari bo’yicha V
asrda mashhur olim Ar’iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida 
yerning o’z o’qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida 
aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolning kiritilishi, arab 
raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi. 
Hindlar yuqori nav po’lat ishlashni o’zlashtiradilar. Metall
san’atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan bir 
yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo
bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan).

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin