107
VII asrda arab masjidi tipi yuzaga keldi. Quddusda Umaviylar
davrida 688 yilda barpo etilgan Umar masjidi, Damashqdagi
Umaviylar masjidi (705-715) arab me’morchiligining dastlabki
namunasi hisoblanadi. Ilk arab me’morchiligining o’ziga xos tomoni,
ayniqsa, Qohiradagi Ibn Tulun (87-879) masjidida namoyon bo’ladi.
Qurilgan inshootlar g’ishtlarni naqshsimon terish, ganch o’ymakorligi,
naqshlar lentasi va yozuvlar bilan bezatilgan. Arab xalifaligi
me’morchiligi turli xalqlar me’morchiligi ta’siri ostida rivojlandi: Eron,
Vizantiya, Old Osiyo va boshqalar.
Arab realistik san’ati, rassomlik va haykalchiligi din ta’sirida
bo’ldi. Din ularning keng rivojlanishiga yo’l qo’ymadi. Realistik
san’atning monumental shakllari deyarli yaratilmadi. Qo’lyozmalar
uchun ishlangan miniatyuralarda, dekorativ relyeflarda hamda amaliy
san’atda real voqelik, uning “jonli obrazlari” keng uchraydi. Bunga
sabab, albatta hukmdor sinf orasida diniy qarashlar bir xil emasligidir.
Voqelik shartli, ba’zan ramziy shakllarda ifodalanadi.
Arab san’atida kalligrafiya va naqsh (ornament, arabeska)
alohida o’rin egallaydi. Real borliq shu sirli, chigal bo’lib ko’ringan
naqsh tasviri bilan aralashib ketgandek tuyuladi. Uning mazmunini
oshiradi. Bu san’atda xalqning hayot mazmuni va mohiyati haqidagi
dunyoqarashi va tushunchalari o’z ifodasini topdi.
Ispaniyasi me’morchiligining nodir yodgorliklari qatorida
Qurdoba (Kordova) dagi juma masjidi (785 –X asr), Al
Granadadagi
Al-Gambra saroyini ko’rsatish mumkin.
Arab xalifaligining so’nggi davrlari uchun qurilishlarning keng
ko’lamliligi, butun bir me’moriy majmualarning yaratilishi xosdir.
Shaharlarning markazida registon – shaharning asosiy maydoni
joylashar edi. Madrasa va masjidlarning peshtoqi registonga qaratib
qurilgan.
Xalifalik davrida yurtimizda barpo etilgan memoriy obidalar
sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand
yaqinidagi Tim qishlog’idagi qurilgan Arab ota maqbarasi (977-978
yy), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xo’ja Naxshron maqbarasi (IX-X
asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (XI asr), Buxorodagi Minorai
Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va
boshka ko’rkam me’morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: