2-savolning bayoni:
Antik yunon madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi.
Yunon madaniyatining eng qadimgi tarixi “Egey” yoki “Krit-Miken”
madaniyati bilan boshlanadi. Kritda o’ziga xos chiziqli yozuv bo’lgan.
Bu davrda hashamatli me’morchilik kompozitsiyalari, podsho
saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at namunalari yaratilgan.
Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans
tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss
saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Saroy devorlariga suratlar
ishlangan, pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan. “Parijlik ayol”
deb nom olgan tasvirda shaffof materiallardan to’qilgan libos kiyib
olgan ayol tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu yerda
uchramaydi. Lekin amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik
san’ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar.
Krit madaniyati inqirozga yuz tutgach, Egey madaniyatining
markazi yunon materigiga - Peloponnes yarim oroliga ko’chdi.
Bizgacha Mikena va Tirinfdagi baland tepaliklar ustiga m.a. XIV-XIII
asrlarda qurilgan qal’alar, qo’rg’onlar yetib kelgan. Bu qo’rg’onlarning
devorlari og’irligi 12 tonnagacha keladigan toshlardan qurilgan bo’lib,
devorning qalinligi 6-10 m. hatto undan ham ortiq bo’lgan. Masalan,
Tirinf qo’rg’oni devorining saqlanib qolgan qismining qalinligi -4,5 m,
balandligi -7,5 m. Mikena qo’rg’onining markaziy darvozasi “Sherlar
darvozasi” deb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan
qurilgan, tepasiga ustunlarni ushlab turgan ikki sherning bo’rtma tasviri
ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari qudrati va birligining ramzi
112
bo’lgan.
Eramizdan avvalgi XII asr o’rtalarida Bolqon yarim orollarining
shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey
orollaridagi davlatlarni bosib olishi Peloponesdagi Egey madaniyatini
tugashiga sabab bo’ldi. Lekin uning keyingi ellin madaniyatiga ta’siri
kuchli bo’ldi.
Elladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini
o’zlashtirdilar. Ular Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul
qildilar. Kulolchilik, mayda plastika san’ati an’analari Ellada san’ati
taraqqiyotida davom ettirildi.
Qadimgi Yunoniston tarixining Gomer davri san’ati va
madaniyatini o’rganishda “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli
manba hisoblanadi. Mikena yozuvlarining o’qilishi shu davrga oid
ma’lumotlarning kengayishiga yordam berdi. Gomer davrida
hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan
ko’zaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan
kulochilik buyumlari - ko’zalarda qadimgi yunon amaliy-dekorativ
san’atining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu ko’zalar
yuzasiga geometrik naqshlar, o’simliklardan ishlangan naqshlar,
hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar ishlangan bo’lib,
ularning shakli ko’rkam, naqshlar kompozitsiyasi aniq (“Dipilon
ko’zalari”).
Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot,
astronomiya, tarix, geografiya, matematika taraqqiy qildi, poeziya,
adabiyot, teatr kamol topdi. Yunonlar o’zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq
mamlakatlari - Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi yutuqlarini
chuqur o’rganib, o’zlarining betakror san’at va madaniyatlarini
yaratishga muyassar bo’ldilar.
Yunon dunyoqarashi uchun politeizm va tabiatning jonliligi
haqidagi tasavvurlar xos. Arxaika davrida umumyunon xudolari
panteoni shakllandi. Bunga misol-Gesiodning “Teogoniya” poemasi.
Siyosiy tarqoqlik va kohinlar tabaqasining yo’qligi tufayli yunonlarda
yagona din shakllanmadi. Ko’plab bir-biriga yaqin diniy tizimlar
vujudga keldi.
Arxaika davri–me’morchilikning shakllanish davridir. Bu
shaharlarning rivojlanishi va qurilishi bilan bog’liq. Bu davr uylari
sodda va primitiv, asosiy e’tibor mahobatli me’morchilik, birinchi
navbatda ibodatxonalarga qaratilgan. Yunon ibodatxonalari bir necha
tipda bo’lib, bularning ichida eng keng tarqalgan tipi peripter
113
hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-
sella bo’lib, atrofi esa ustunlar bilan o’ralgan. Yunon
me’morchiligining o’zga xos xususiyati – orderlar tizimining
qo’llanilishidir.
Arxaika davrida yunon monumental haykaltaroshligi kamol topa
boshladi. Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar va gigantlar
jangiga bag’ishlangan kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi
mahsulidir.
Arxaika davrining ko’zaga surat solish san’ati dastlab qora
figurali vazalarda namoyon bo’ldi. Ayniqsa qora figurali vazalar
ishlash san’ati m.a. VI asrning II-III choragida rivojlangan. Mashhur
ustalardan biri, rassom Klitiy bo’lgan. U jahonga mashhur bo’lgan
“Fransua vazasi”ni bezatgan. Keyinroq qizil figurali vazalar ishlash
keng tarqaldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar
ko’zaning tabiiy rangi - pishirilgan loy rangida (qizg’ish, qizg’ish
jigarrang) qoldirib, fon, qolgan bo’shliq esa qora lak bilan bo’yab
chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega
bo’lib, m.a. VI asrning 3-choragidan IV asrgacha davom etdi.
Arxaika davrining eng katta yutug’i yunon yozuvining paydo
bo’lishidir. Finikiya bo’g’inli tizimini o’zgartirgan holda yunonlar
axborotni aks ettirishning oddiy usulini yaratdilar.
Yevropa madaniyati uchun ulkan ahamiyatga ega bo’lgan
falsafaning vujudga kelishi ham arxaika davri bilan bog’liq. Yunon
falsafasining ilk shakli - naturfilosofiya taraqqiyoti faylasuflar Fales,
Anaksimen, Anaksimandr nomlari bilan bog’liq. Bu davrda
pifagorchilar maktabi ham yuzaga keldi.
Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya
madaniy ravnaqining oltin davri boshlandi. Yangi an’analar dastlab
shaharsozlikda ko’zga tashlandi. Bu davrda miletlik Gippodamaning
shahar qurilishi borasidagi sistemasi muhim rol o’ynadi. Shu plan
asosida qurilgan Milet, Olinf shaharlarining ko’chalari ochiq va keng
prospektlardan tashkil topgan. V asrning birinchi yarmida doriy
me’morchiligining mashhur namunasi bo’lgan Olimpdagi Zevs
ibodatxonasi barpo etildi.
San’atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri
kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy
obrazlarda ko’rsatadi. Bu taraqqiyotda, so’zsiz, shu davrning yirik
davlat arbobi Perikl muhim rol o’ynadi. Yuqori klassika davrida Afina
akropoli o’zining tugal ko’rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan
114
Afinaning ichki qal’asi - Akropol qayta tiklandi. Bu qal’a Eron-Yunon
urushida vayron bo’lgan edi. M.a. V asrning uchinchi choragida bu
yerda Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g’alaba
ma’budasi Nikaga atab qurilgan Nika Apteros qad ko’tardi. Bu binolar
badiiy bezakka boy bo’lgan. Masalan, Propiley devorlari davlatning
jangovor o’tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning
ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug’ligini o’zida
ifodalab, yunon tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish
etuvchi
me’morchilik
ansambli
edi.
Yunon
klassikasi
me’morchiligining beqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va
afinaliklar homiysi bo’lgan Afina ma’budasiga bag’ishlangan Porfenon
ibodatxonasi hisoblanadi. U m.a. 447-438 yillarda me’morchilik Iktin
va Kallikrat tomonidan qurilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va
haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin safdoshi
Fidiy rahbarligida bajarilgan.
Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam
qo’ydi. Haykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini
to’g’ri tasvirlabgina qolmasdan, o’z asarlarida murakkab harakatlarni
ham ifodashga, kompozitsiya echimining hayotiy bo’lishiga, inson
ma’naviy olamining turli qirralarini yoritishga alohida e’tibor bera
boshladilar. Bu xususiyat klassika davrining buyuk haykaltaroshlari
Miron (“Diskobol”, “Afina va Marsiy”), Poliklet (“Dorifor”,
“Diadumen”), Skopos (“Menada”) ijodida sezilarli edi. Klassika davri
tasviriy san’atida ham oealistik an’analarga intilish kuzatiladi. Bu
davrdagi rangtasvir rivoji Polignot va Appolodorlar nomi bilan bog’liq.
M.a. V asr dramatik san’atning gullab-yashnash davridir. Esxil,
Safokl, Evripdlar yaratgan tragediyalar, Aristofan yaratgan komediyalar
o’z davrining muhim muammolarini ochib berishga xizmat qilgan.
M.a. V asrda eng yirik yunon tarixchilari Gerodot va Fukidid o’z
asarlarini yaratdilar va tarix ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shdilar.
Klassika davrida yunon falsafasi ham o’ziga xos tarzda rivoj
topdi. Geraklit, Empedokl, Anaksagor, Levkipp, Demokrit, Protagor,
Sokrat kabi faylasuflar bu davrda turli falsafa maktablariga asos
soldilar.
Ellinizm
davri
me’morchiligi
o’zining
hashamatliligi,
dabdabadorligi va katta hajmga intilishi bilan xarakterlanadi.
Me’morchilik nazariyasi rivojlanadi Uning bosh maydoni atrofi esa
turli ijtimoiy binolar bilan o’ralgan.
Ellinizm davri madaniyati yaxlit tusga ega emas edi, u har bir
115
hududda mahalliy an’anaviy va yunon madaniyatining o’zaro ta’siri
natijasida shakllangan edi. Shu bilan birga ellinistik madaniyatni
umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan yaxlit hodisa sifatida baholash
mumkin. Ellinistik madaniyatning vujudga kelishida ellin turmush tarzi
va ellin ta’limotining tarqalishi muhim omil bo’ldi.
Ellinistik shaharlar o’ziga xos qiyofaga ega edi. Masalan, Misr
Ptolemeylar podsholigining poytaxti Aleksandriya ellinistik dunyoning
yirik madaniy-siyosiy markazi, yirik port shahri edi. Bu davrda jamoat
binolarining yangi tiplari paydo bo’ldi: kutubxonalar (Aleksandriya,
Pergam va b.), Museyon (Aleksandriya, Antioxiya), spetsifik binolar-
120 metrlik Faross mayog’i va Afinadagi Shamollar minorasi.
Ellinizm davrida sharq va yunon dunyosida to’plangan
bilimlarning solishtirilishi uning klassifikatsiyasi va yanada taraqqiy
etishiga asos bo’ldi. Matematika (Evklid, Appoloniy, Arxime),
astronomiya (Kiden, Naburian, Aristarx, Gipparx), geografiya
(Erastofen, Posidoniy, Gippal, Strabon), botanika (Feofrast), meditsina
(Gerofil xalkedonskiy, Erasistrat) kabi fanlarda ulkan yutuqlar qo’lga
kiritildi.
Adabiyotda eski janrlar-epos, tragediya, lirika, ritorika va tarixiy
proza yanada rivojlandi va yangi janrlar-filologik tadqiqotlar, lug’atlar,
biografiyalar va h.k. yuzaga keldi.
Monumental haykaltaroshlik bu davrda yanada rivoj topdi.
Ellinistik haykaltaroshlikka mifologik mavzular, mahobat, murakkab
kompozitsiyalar xos. Masalan, Rodos kolossi-Xeres tomonidan
yaratilgan Geliosning 35 metrlik bronza haykali san’at va texnika
mo’’jizasi edi. Pergamdagi Zevs mehrobida aks ettirilgan xudolar va
gigantlar kurashi sahnalari ( uzunligi 120 m.) dinamikasi, ifodaliligi va
dramatizmi bilan ajralib turadi. Bu davrda Lisipp, Skopas va Praksitel
an’analarini davom ettirgan rodoss, pergam va aleksandriya
haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Aleksandrning “Melos orolidagi
Afrodita” (“Venera Miolsskaya”), noma’lum haykaltaroshlarning
“Samofrakiya orolidagi Nika”, “Anadiomen Afroditasi”, Agesandr,
Polidor va Afinodorlar tomonidan yaratilgan “Laokoon”, “Farnez
buqasi”, “O’layotgan gall”, “O’zi va xotinini o’ldirayotgan gall” kabi
asarlar ellinistik haykaltaroshlikning durdonalaridir.
Portret haykaltaroshligi va rangtasviri ham yuksak darajada
taraqqiy etdi. Bu haqida Fayum vohasi portretlari orqali xulosa
chiqarish mumkin.
Ellinistik davrdagim tarixiy va falsafiy asarlarda insonning
116
jamiyatga, o’z davrining siyosiy va ijtimoiy muammolariga munosabati
aks etgan. Bu davr falsafasida kiniklar va skeptiklar maktabining roli
o’sdi. Stoiklar va Epikur falsafasi yangi davrning dunyoqarashining
asosiy xususiyatlarini o’zida aks ettirdi.
Ellinistik davr diniy e’tiqodlarida ham yunon va sharq diniy
tasavvurlarining o’zaro ta’sirini ko’rish mumkin. Bu davrda an’anaviy
yunon xudolari bilan bir qatorda sharq xudolariga (Aarapis, Isida,
Kibela) topinish ham keng tarqaldi. Ellinistsik podsholar, qadimgi
Sharq an’analaridan foydalangan holda podsholarga topinishni keng
yoyishga harakat qilardilar.
Rim tomonidan ellinistik davlatlarning zabt etilishi, Sharqiy
O’rtayer dengizi mamlakatlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning rimcha shaklining yoyilishi o’z navbatida aks
ta’sirga ega edi-Rimga ellinistik madaniyat, mafkura va ijtimoiy-siyosiy
tuzilmalar kirib kela boshladi. Ellinistik dunyoning ko’plab
xususiyatlari Rim imperiyasi tomonidan meros qilib olindi.
Назорат саволлари:
Dostları ilə paylaş: |