Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish mazmuni



Yüklə 51,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü51,38 Kb.
#203830
1   2   3   4
1701-Текст статьи-4425-1-10-20221102 (1)

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №10)
ISSN 2181-1709 (P)
330
Education and innovative research 2022 y. №10
uchun o’quv mashg’ulotlari, ta’lim va tarbiya sub’ektlarining aloqasi asosida 
amalga oshirilishi.
taqdimot funktsiyasi bo’lajak o’qituvchilarning xulq-atvori va 
faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy va pedagogik bilimlarini o’quvchilarga 
yetkazish, shuningdek, tarbiya qadriyatlarini shakllantirish va taqdim etish 
zarurati bilan bog’liq.
kommunikativ funktsiya o’zaro aloqaning shaxsiy modeliga yo’naltirilgan 
ta’lim sub’ektlarining hamkorligini ta’minlaydi.
tashkiliy funktsiya turli xil jamoaviy va ijodiy faoliyatni tashkil etish, 
shuningdek ta’lim jarayoni va ta’lim tizimlarining rivojlanishini boshqarish 
zarurati bilan bog’liq.
transformatsion funktsiya rivojlanish jarayonlari qonunlaridan 
foydalanishni, bo’lajak o’qituvchi shaxsining qiyofasini shakllantirishni 
ta’minlaydi.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash insonparvarlik, 
eng oliy insoniy qadriyatlar, mehrlilik va do’stlik, mehribonlik munosabatlarda 
mas’uliyatlilik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish; mehnatga bo’lgan 
ehtiyoj, mehnatsevarlikka hayotning eng oliy qadriyati-moddiy farovonlik, 
ijodkorlik manbai sifatida qarash, xulq va muloqot madaniyati, o’z qadrini 
bilish, real hayotiy vaziyatlarda o’zlashtirilgan axloqiy tushunchalarga 
muvofiq harakat qilish, ekstremal vaziyatlarda kurashish va omon qolish, 
irodasining kuchli va zaif jihatlarini tanqidiy tahlil qila olish qobiliyatini 
rivojlantirish; milliy urf-odatlar, xalqning an’ana va qadriyatlariga nisbatan 
ijobiy munosabatni shakllantirish; o’zi haqidagi fikrlarni eshitish va xulosa 
chiqarish ko’nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi.
Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy 
faoliyatga tayyorlash shaxsning intellektual faoliyatiga qo’yiladigan mantiqiy 
talab va me’yorlar mazmuni sifatida tushuniladi.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni 
ulardan umumiy pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya, tarbiyaviy ishlar 
metodikasi kabi fanlar doirasida o’rganiladigan barkamol shaxs tarbiyasining 
mazmuni, mohiyati, xususiyatlari, qonuniyatlarini bilish, ularga amal qilishni 
talab etishi bilan birga quyidagi masalalarni e’tiborga olishni nazarda tutadi: 
tashkiliy: ta’lim jarayonida talabalarning faol sub’ektiv pozitsiyasini 
rag’batlantirish; talabalar faoliyatini tashkil qilishda o’quv jarayonining 
boshqa sub’ektlar (o’qituvchilar, ota-onalar) bilan o’zaro munosabatini 
inobatga olish;
mazmunli: kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalar faoliyatining har 
xil turlarini (kognitiv, dizayn-tadqiqot, amaliy ta’lim) rivojlantirish; o’quv 
faoliyatini axborot-uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
motivatsion: talabalarning o’quv faoliyatida muvaffaqiyatli ishtirokini 
ta’minlash talabalar bilan o’quv loyihalarini ishlab chiqish, taqdim etish va 


Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
331
http://interscience.uz
amalga oshirish; talabalarning o’zini o’zi anglashiga hissa qo’shadigan o’quv 
mashg’ulotlarini tahlil qilish rejasini tuzish;
pedagogik qo’llab-quvvatlash: o’quv loyihalariga pedagog rahbarligi; 
talabalarning shaxsiy kasbiy rivojlanishiga qaratilgan individual maslahatlarni 
rejalashtirish.
Adabiyotlar tahlili, tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy 
izlanishlar bo’lajak o’qituvchilarni innovatsion yondashuv asosida tarbiyaviy 
faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish asoslarini ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish kerakligini ko’rsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 sentyabrdagi 
O’PQ-637 sonli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
2. Mavlonova R.A., Voxidova N.X., Rahmankulova N.X. Pedagogika 
nazariyasi va tarixi. – T.: Fan va texnologiya, 2010.
3. Шмырева Н.А., Губанова М.И., Крецан З.В. Педагогические 
системы: научные основы, управление, перспективы развития. - 
Кемерово, 2002. С. 97
4. Байкова Л.А. Методика воспитательной работы: Учебное 
посо¬бие для студентов высших учебных заведений. – М.: Академия, 
2006. – С. 120.

Yüklə 51,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin