I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
6. O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 14- son “Xususiy 
kapital to’g’risida hisobot” nomli milliy standartiga muvofiq xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar “O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot” tuzadilar va 
aqdim etadilar. 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot 
sanasi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, tarmog’i, mulkchilik shakli, 
tashkiliy-huquqiy shakli va to’liq yuridik manzili, uning tasarrufida 
mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lgan organning nomi, xususiy 
kapital to’g’risidagi hisobotning tayyorlanishi chog’ida foydalanilgan 
o’lchov birligi ko’rsatilishi kerak.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to’g’risidagi, 
ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda 


229 
(qoplanmagan zarar) sotib olingan o’z aktsiyalari va boshqa xususiy 
kapital elementlari haqidagi axborotlar keltiriladi.
Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida qimmatli 
qog’ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav 
kapitalini shakllantirish chog’ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv 
kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), 
tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aktsiyalar ko’rinishida 
to’lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning 
boshqa manbalari to’g’risidagi, shuningdek, chiqarilgan aktsiyalar soni, 
aktsiyalarning 
nominal 
qiymati, 
muomaladagi 
aktsiyalar 
soni 
to’g’risidagi axborotlar ham keltiriladi. 
10. Xususiy kapital tarkibida ikki hisobot davri o’rtasidagi 
o’zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va ochib beriladigan 
baholashning aniq tamoyilidan kelib chiqqan holda hisobot davri 
davomidagi sof aktivlarning ko’payishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Hisobotning xususiy kapital to’g’risidagi qismiga tushuntirishlar va 
izohlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt xususiy kapitalining qatnashchining 
chiqib ketishi, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aktsiyalarning sotib 
olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni bekor qilinishi, aktsiyalar nominal 
qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko’ra kamayib ketganligi 
haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to’g’risidagi tushuntirishda 
quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning 
umumiy soni va nominal qiymati; 
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga 
oshirilgan aktsiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati
v) aktsiyalarga obunaning borishi chog’ida olingan mablag’lar 
umumiy summasi; 
g) ayrim turlar va toifalar bo’yicha ustav kapitali tarkibidagi 
aktsiyalar; 
d) imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanmagan jamlangan dividendlar 
summasi; 
e) aktsiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, xususan, 
to’lanadigan aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari 
yoki toifalari to’g’risida; 


230 
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo’shib yuborishlar va 
aktsiyalarning maydalanishi yoki qo’shib yuborilishigacha va undan 
keyingi aktsiyalarning nominal qiymati to’g’risidagi. 
Ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborot tushuntirishda 
ayrim turlar va toifalar bo’yicha keltiriladi: 
a) chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to’lanmagan qismi 
ko’rsatilgan holda; 
b) aktsiyaning nominal qiymati; 
v) muomalada bo’lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi 
o’zgartirishlar; 
g) aktsiyalar bilan bog’liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu 
jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi 
bo’yicha cheklashlar
d) jamiyatning o’ziga, uning shu’ba va uyushgan korxonalariga 
tegishli aktsiyalar; 
e) ular egalik qilayotgan muassislar ro’yxati va aktsiyalar soni
j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo’lgan aktsiyalar soni; 
z) optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun 
zaxiralashtirilgan 
aktsiyalar, 
ularning 
muddatlari 
va 
summalari 
ko’rsatilgan holda; 
i) 
konvertatsiyalanadigan 
(aktsiyalar 
yoki 
obligatsiyalarga) 
aktsiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning 
qarzga oid qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlar. 
Boshqa barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarga 
oid izohlarda quyidagilar to’g’risidagi axborotni keltiradilar: 
a) egalik qiluvchilar o’rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi; 
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar; 
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi 
o’zgartirishlar. 
Hisobotning xususiy kapital to’g’risidagi qismiga tushuntirish xati 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998 yil 26 iyuldagi 17-
07/86-son buyrug’i bilan tasdiqlangan (ro’yxat raqami 474-son, 1998 yil 
14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) 
O’zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” 
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan 
talablarga muvofiq tuziladi. 


231 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin