40
qaraydilar. SHu sababli buxgalteriya
hisobi fanining vazifasi, predmeti,
ob’ekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi
ularning qarashlari turlichadir. Buni Buyuk
Britaniya buxgalterlar
maktabining
namoyondalari
Angliya
iqtisodiyotida
faoliyat
ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya
hisobi usullari rahbarning fe’l-atvoriga hamda dunyo qarashiga
bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. SHu sababdan ham angliya - amerika
buxgalteriya hisobi maktablarida yagona uslubiyotga amal qilinmaydi.
Ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan
firma va
kompaniyalarida buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil mazmunga ega
bo’lishi va biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari uchun
hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida
muhimlik va aniqlikni yo’qligi tufayli Angliya firma va kompaniyalari
tez-tez bankrotga uchraydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida
muhimlik va aniqlik tamoyilini amal qilmasligi sababli bu davlatda audit
va uning rivojlanishiga alohida e’tibor beriladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik qayta jihozlashni
amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan
hisob tizimi
tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan
buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos
xususiyatlari va xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda.
Mulkiy munosabatlarning erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat
ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mustaqil o’z-o’zini
boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin iqtisodiyotning shakllanishi va
rivojlanishining muhim hamda ajralmas qismi hisoblangan xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda ularning
mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar
katta
ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi.
Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi
tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga
bog’liqdir. Boshqa fanlar kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi
o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib boradi.
O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p
bo’lgani yo’q. Bu qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi
tizimining
shakllanib
borishida
xukumatimiz,
olimlarimiz,
mutaxassislarimiz tomonidan ko’plab uslubiy, ilmiy, nazariy, amaliy
41
ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996 yil 30 avgustda buxgalteriya
hisobi
tizimining
huquqiy
asosi
hisoblangan
O’zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”
gi Qonuni, Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom
qabul qilindi, Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 24
ta standarti
ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. O’zbekistonda buxgalteriya
hisobining Toshkent (namoyondalari: S. Qodirxo-nov, S .Valiev, S.
Sotiboldiev, S. Yuldashev, R. Xolbekov), Samarqand (R.Abdullaev,
K.O’rozov, M.Pardaev), Farg’ona (N.Toshmamatov, D. Qudbiev,
I.Ismanov, I.Qayumov, A.Abdullaev)
milliy maktablarini ajratib
ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: