https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2023
75 KIRISH. Farg‘ona viloyati aholi sonining dinamikasi bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lib,
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy landshaftini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu mintaqadagi aholi soni va o‘zgarishlarini tushunish samarali rejalashtirish,
resurslarni taqsimlash va siyosatni shakllantirish uchun juda muhimdir. Ushbu ilmiy
maqola Farg‘ona viloyatidagi aholi va uning o‘zgarishlarini har tomonlama tahlil
qilish, asosiy demografik tendentsiyalar va ularning oqibatlarini yoritishga qaratilgan.
Farg‘ona viloyati aholisining dinamikasini o‘rganish orqali ushbu tadqiqot
mintaqaviy demografiya bo‘yicha mavjud bilimlarga hissa qo‘shishdan iborat. Bundan
tashqari, natijalar siyosatchilar, shaharsozlik mutaxassislari va ijtimoiy olimlarga aholi
o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlarni tushunishda yordam beradi va
shu orqali Farg‘ona viloyati aholisining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va
hayot sifatini yaxshilash uchun maqsadli tadbirlarni shakllantirishga yordam beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Tadqiqotlar mintaqaviy rivojlanish va rejalashtirish uchun aholi dinamikasini
tahlil qilish muhimligini ta’kidladi. Aholi soni, o‘sish sur’ati, yosh tarkibi va migratsiya
shakllari doimiy ravishda turli ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarga, jumladan, mehnat
bozorlari, sog‘liqni saqlash tizimlari va infratuzilmaga bo‘lgan talablarga ta’sir
qiluvchi hal qiluvchi omillar sifatida belgilandi.
Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun statistik usullar qo‘llanildi.
Ma’lumotlarni umumlashtirish uchun tavsiflovchi statistik ma’lumotlar, masalan,
o‘rtacha, foizlar va standart og‘ishlar ishlatilgan. Bundan tashqari, aholi soni o‘sishi
dinimakasini ko‘rish uchun grafik tasvirlar, jumladan diagrammalar, grafiklar
ishlatilgan.
NATIJALAR Farg‘ona viloyatida aholi sonining o‘zgarishi uning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aholi sonining o‘sishi kengayib borayotgan
aholi ehtiyojlarini qondirish uchun tegishli infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim
muassasalarini ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Keksa yoshdagi aholi sog‘liqni
saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimlariga talablar qo‘yadi, bu esa keksalarning
ehtiyojlarini qondirish uchun maqsadli siyosatni talab qiladi.
Fargʻona viloyati respublikamizda oʻziga xos tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy
va demografik xususiyatlarga ega boʻlgan hududlardan biri hisoblanadi. Viloyat aholisi
soni 2023 yil 1 yanvar holati boʻyicha 3976,3 ming kishini tashkil etgan holda
muntazam koʻpayib bormoqda. Mustaqillikdan soʻng viloyat aholisi soniga 1 761,4
ming kishi qoʻshildi yoki hozirgi mavjud aholining 44,3 foizi qoʻshildi. Viloyat aholisi
soni boʻyicha respublikada faqat Samarqand viloyatidan soʻng turadi (2000 yilgacha