O’zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari yo’nalishlari



Yüklə 28,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,79 Kb.
#204538
  1   2   3
ZDIFT 1019




 
70 
 
 
 
O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
YO’NALISHLARI 
Olimjonova Farog’at Dilmurod qizi 
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti Turizm ta’lim yo’nalishi 2-
bosqich talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7783407 
Annotatsiya.
Hozirgi davrda respublikamizda milliy turizmning barqaror rivojlanish 
muammolarini hal qilishning nazariy, uslubiy va amaliy yondashuvlarini ishlab chiqish, turistik 
mahsulotlar bozorini shakllantirish, mazkur soha faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy 
usullari va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini, turizmni rivojlantirishning iqtisodiy 
mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Kalit so‘zlar:
Turizm sohasi, xalqaro turizm, transport xizmatlari, xorijiy investitsiyalar, 
zamonaviy marketing, turistik firma, biznes, marketing konsepsiyasi, transport xizmati.
 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarida tub islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, turizmni rivojlantirishga ham Davlat 
tomonidan katta ahmiyat berilmoqda. Turizm sohasini tashkil etuvchi asosiy infratuzilmalar: 
joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish xizmati va transport xizmati hisoblanadi. Shundan 
kelib chiqib, turizm sohasini rivojlantirishda transport xizmatlari asosiy o’rin egallaydi. 
Transport xizmatlarining rivojlanishi va takomillashib borishi sayyohlar uchun qulayliklar 
yaratib, ularning sayohatlarini yengillashtiradi. Bu orqali turizmning mamlakatda taraqqiy 
etishiga erishish mumkin. 
Xalqaro turizm insonlarning o`lkalar bilan tanishish, zavqlanish dam olish, bo`sh vaqtini 
samarali o`tkazish, sog`lig`ini tiklash, dunyo, sport musobaqalarida qatnashish, ma`naviy 
dunyosini boyitish kabi ishlarga ehtiyojining ortib borishi, boshqa xalqlarning urf-odati va 
turmush tarzini bilish uchun intilishida alohida o`rin egallaydi. 
Shuni ta`kidlashimiz joizki, o`tmishga nazar soladigan bo`lsak, insoniyat har doim makonda 
o`zining harakat doirasini o`zgartirib, yangi-yangi yerlarni kashf qilgan, turmush-tarzini 
boyitgan va ijtimoiy munosabatlarning yanada rivojlanishi, takomillashishi uchun intilgan. Bu 
esa shaxsni shakllanishi va kamol topishiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, bunda turizm, ayniqsa uning 
xalqaro yo`nalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan. Xalqaro turizm juda ko`p qirrali bo`lib, 
uning tarkibiy qismlari bo`lgan mehmonxona, ovqatlanish, transport, savdo, dam olish va sayr 
qilish joylari va boshqa ko`plab sohalar, jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog`lanadi va harakatga 
keladi. 
Jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmning roli va ahamiyati yildan-yilga ortib borib, u jahondagi 
eng ko`p daromad keltiradigan asosiy sohalardan biriga aylanib bormoqda. 
Turizm sohasini rivojlantirishda yana shuni ham hisobga olish lozimki, mamlakatimizdan 
tashqarida ilgari respublikamizda yashagan yoki o’zbek millatiga mansub ko’plab kishilar 
istiqomat qiladilar. Ulardan respublikamizga kelish, avlod-ajdodlari yashagan yurtni ziyorat 
qilish istagi yuqori. SHu munosabat bilan respublikamizda turizmni rivojlantirish uchun real 
shart-sharoit mavjud. Bu O’zbekistonda turizmni muvaffaqiyatli rivojlantirishga ijobiy ta’sir 
ko’rsatuvchi omillarning to’liq bo’lmagan ro’yxati bo’lib, hozirgi kunda ulardan foydalanish 




Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin