O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
Iqtisodiyot yo’nalishi
1- kurs 23-40 guruh talabasi
Tojimamatov Xushnutbekning
Iqtisodiyotda AKT fanidan
Mustaqil ish
Axborot va uning turlari. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini
tushuntiring.
Reja:
1. Axborot haqida asosiy tushunchalar va ta’riflar.
2. Axborotlar turlari
3. Axborotlarning aynan moslik shakllari
4. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlari
1. Xalq xo’jaligini, xususan qishloq xo’jalik ishlab-chiqaripshni
boshqarishda axborotning ahamiyati katta bo’lib, axborot inson uchun suv va
xavodek zarurdir.
Faraz qilib ko’ring, siz yopiq yorug’liksiz butunlay siniq yuzalik fazoga
tushib qoldingiz. Bu erda o’zingizni juda noqulay sezasiz. Voqelikni o’rab turgan
vaqt, fazo xaqidagi axborotning yo’qligi inson uchun notabiiydir. Inson ko’radi,
eshitadi, xidlarni sezadi. Insonning sezgi a’zolari tashqi dunyo xaqida axborot olish
uchun xizmat qiladi.
Axborot-bu ob’ektivlikning, voqelikning jarayoni, xususiyati va xolati
xaqida xabar bo’lib, inson miyasi tomonidan o’zlashtiriladi. Masalan, yosh go’dak
biror issiq narsani ko’rsa, dastlab ko’rmasdan o’shlaydi, lekin qo’li kuygandan
so’ng, bu narsani umrbod yodida saqlaydi va ikkinchi bor bunday qilmaydi.
Insonning butun faoliyati u yoki bu xolda axborotni olish va foydalanish
bog’langan. Кitobni o’qiyotganda, rasmni qarab chiqayotganda biz eslab qolamiz
va yig’amiz. Har qanday masala echayotganimizda biz axborotni ishlaymiz, ya’ni
masala shartida keltirilgan ma’lumotlarni o’rganib, uni echamiz. Axborot termini
lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, bayon qilish, xabar berish
ma’nosini anglatadi. Materialistik falsafa nuqtaiy nazaridan axborot mavjud
dunyoni xabarlar, bildirishlar yordamida yoritishdir. Xabar-bu axborotlarning so’z,
matn, tasvir, sonli ma’lumot, grafik va jadval ko’rinishidagi shaklidir. Кeng
ma’noda axborot-bu odamlar o’rtasida xabar almashishni, signallarni tirik va
notirik tabiat, odamlar va qurilmalar o’rtasida almashishni o’z ichiga oluvchi
umumilmiy tushunchadir.
Axborot-atrof muxit xodisalari va ularning o’lchamlari, xossalari va
xolatlari xaqidagi xabarlardir. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda
ma’lumotlar ham ishlatiladi. Axborotlar va ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi.
Ma’lumotlar - qandaydir sabablarga ko’ra ishlatilmaydigan faqat saqlanadigan
belgilar yoki yozilgan kuzatishlar sifatida qaraladi. Nimadir xaqida noaniqliqlarni
kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni ishlatish zaruriyati paydo bo’lgan xolatda
ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun ham ishlatiladigan ma’lumotlarni
axborot deb tasdiqlash mumkin.
2. Jamiyat tarraqqiyoti o’zgaruvchan va uzluksiz harakterga ega. Demak,
hamma narsa o’zgarib turadi. Bu jarayonlarni bayon etuvchi axborotlar ham
uzluksiz va diskret ko’rinishda bo’ladi. Masalan: uzluksiz kattalikni harakterlovchi
kattalik inson tanasining temperaturasi, yo’lning ma’lum qismida ma’lum vaqida
avtomobilning harakat tezligi. O’zgaruvchi kattalikni harakterlovchi belgilar
ketma-ketligi bu axborotlarning diskret shaklidir. Masalan: ishchi ish smenasining
dastlabki bir soatida 20 ta, ikkinchi soatiada 25 ta, uchinchi soatida 20 ta detal
ishlaydi.
Atrofimizni o’rab turgan ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha guruxlash
mumkin. Masalan: biologik, geografik, iqtisodiy axborotlar.
Axborotlarning muxim turlaridan biri iqtisodiy axborotlardir. Uning
farqli xususiyati - kishilar kollektivini, tashkilot va korxonalarni boshqarish
jarayonlari bilan bog’liqligidir. Iqtisodiy axborotlar moddiy manfaat va xizmatlarni
is’temol qilish va almashish, taqsimlash jarayonlarini kuzatadi. Uning anchagina
qismi jamoat ishlab - chiqarishi bilan bog’langan va ishlab-chiqarish axboroti deb
ham atalishi mumkin.
Iqtisodiy axborotlar - ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish doirasida
kishilar kollektivi va jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiluvchi hamda sosial-
iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar, xabarlar to’plamidir.
3. Axborot bilan ishlaganda hamma vaqt uning manbai va is’temolchisi
bo’ladi. Axborotlar manbaidan uning is’temolchilariga etkazishni ta’minlash
jarayoni va yo’llari axborot komunikasiyasi deb ataladi. Axborot-is’temolchilari -
uchun - juda - muxim kriteriyalardan - biri - uning - jarayonni - aynan - mos
ravishda yoritishidir (adekvantnost). Bu real ob’ekt, jarayon, xodisa xaqida olingan
axborot yordamida ob’ekt yoki jarayonga nisbatan aniq darajadagi moslikni
yaratishdir. Xaqiqiy xayotda hamma vaqt ham jarayonni aynan o’ziday yorituvchi
axborotlarga ega bo’lish juda qiyin masaladir. Hamma vaqt ham ma’lum
darajadagi noaniqliqlar mavjud bo’ladi. Axborotlarning aynan mosligi uch shaklda
bo’lishi mumkin: Sintaktik moslik, semantik(mazmunan) moslik va pragmatik
moslik. Sintaktik moslikda axborotni formal-sxematik tavsifnomasini yoritib,
ma’no va mazmuniga e’tibor berilmaydi. Semantik moslikda axborotlarning
ma’nosi va mazmuni hisobga olinadi. Pragmatik moslikda axborot bilan uning
is’temolchisi o’rtasidagi munosabat yoritaladi. Bunda axborotning qimmatbaholigi,
aniqligi va sifatliligi hisobga olinadi.
4. Uzunlik, massa, vaqt o’lchov birliklari bo’lgani kabi axborotlarning
ham o’lchov birliklari mavjud. Axborotlar bitlarda o’lchanadi. Bir bitda 0 yoki 1
belgisi bo’lishi mumkin. Sakkiz bit bir baytni tashkil etadi. Har bir bayt bir
ma’noni yoki belgini anglatadi. Кompyuterda ishlatiladigan har bir belgi ikkilik
kodlar yordamida ifodalanadi.
Axborotlarni o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi
katgaroq birliklardan ham foydalaniladi.
1 bayt - 8 bit 1 mbayt - 1024 kbayt
1 kbayt - 1024 bit 1 gbayt - 1024 mbayt
Biz fizik kattaliklarni o’lchashga o’rganib qolganmiz. Кilometr yoki
kilogrammni darrov tushunamiz. Xuddi shuningdek Кilobayt, megobayt yoki
gegobaytni tushunishga harakat qilamiz. Masalan darslikning bir betiga 50 taga
yaqin satr, har bir satrga taxminan 60 belgi joylashadi. Shunday qilib, darslikning
bir beti 3000 bayt xajmga ega bo’lishi mumkin. 200 saxifali darslik o’rtacha 550
kilobayt xajmdagi axborotga ega bo’lishi mumkin. To’rt betlik ro’znomada 150
kbaytgacha xajmdagi axborot bo’lishi mumkin. 1,5 soatlik rangli film 135
gegobayt axborotga ega.
5. Har qanday turkumlanish ham hamma vaqt nisbiydir. Har bir ob’ekt
turli belgi va kriteriyalar bo’yicha turkumlanishi mumkin. Shunday xolatlar
uchraydiki tashqi muxit sharoitlariga bog’liq xolda ob’ektni turli turkum
guruxlariga qo’shish mumkin. Turkumlanish asosida 5 ta asosiy kriteriya yotadi:
paydo bo’lish joyi, qayta ishlanish davri, tasvirlash, yoritish imkoniyati,
barqarorligi, boshqarish funksiyasi.
Paydo bo’lish joyi belgisi bo’yicha axborotlarni kiruvchi, chiquvchi,
ichki va tashqi axborotlarga bo’lish mumkin.
Qayta ishlanish davriga nisbatan axborotlar boshlang’ich, ikkilamchi,
oraliq, natijaviy bo’lishi mumkin.
Tasvirlash, yoritish imkonida axborotlar matn yoki grafik xolatda
tasvirlanishi mumkin.
Axborotlar barqarorligi jixatidan o’zgaruvchi va doimiy (shartli-doimiy)
bo’lishi mumkin.
Boshqarish funksiyasi bo’yicha odatda faqat iqtisodiy axborotlar
turkumlanadi. Reja axborotlari - kelajak davr uchun ob’ektni boshqarish
o’lchamlari xaqidagi ma’lumotlardir. Masalan: xo’jalikning maxsulot etishtirish
rejasi, maxsulot etishtirishdan olinadigan daromad rejasi. Me’yoriy ma’lumotli
axborot-turli me’yoriy va ma’lumot beruvchi xujjatlar xaqidagi ma’lumotlardir.
Кo’pincha ular uzoq muddat o’zgarmaydi:
Hisobot beruvchi axborotlar - bu xo’jalik faoliyatining ma’lum bir
davriga tavsifnoma beruvchi axborotlar.
Axborot
texnologiyalari
maʼlumotlarni boshqarish
va
qayta
ishlash
texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi.
Axborot
texnologiyalari
sohasida
turli axborotni EHM va kompyuter
tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar
ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy
texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar
qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham
mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos
xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va
ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy
iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot
texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi,
ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil
kiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi,
ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi
texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi
axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari
tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan
foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan
iborat.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan
va
inson
faoliyatining
barcha
soxalarini
axborotlashtirish
zarurligini
ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat
fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish
jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish
tushuniladi.
Darxaqiqat,
jamiyatni
axborotlashtirish—inson
xayotining
barcha
jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon
xisoblanadi.
Jamiyatni
axborotlashtirish
respublikamiz
xalqi
turmush
darajasining
yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda
fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:
Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks
avtomatlashtirish.
Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.
Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter
tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan
qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish
standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, talabada
ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o'stiradi, bilim berishga
differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat
qilishni yengillashtiradi, talabani o'quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi
shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal
yetishda va x.k.
Mexnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va farafonlik darajasini
ko’tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir,
tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson
mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo’lmasa, butun halq
xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayib ro’y berishi mumkin.
Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash
vositalari bilan ta’minlangan..
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash
insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim
o’rin tutadi.
Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir –
biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil yetish ,o’z
xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida
ko’pdan - ko’p dadil va raqamlarga murojat qiladi.
Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi
nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi ,rivojlanmaydi ham.
Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati
to’g’risida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan yextiyojini
qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga yega bo’lishdir .
Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo’laveradi va biror -bir axborotli muxit doirasida
qondiriladi. «Axborotli muxit» tushunchasiga xozirgi kunda ingformatika
masalalarini o’rganishda muxim o’rin yegallaydi. Insoniyatni o’rab tturgan muxit
o’z xizmatlariga ko’ra turlichadir – tabiy siyosiy, ijtimoiy, milliy va oylaviy ruxiy
bo’lishi munkin. Aniqrog’i bular xar birimiz yash bir butun muxitninig
tekisliklaridir.
Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muxit turadi va u barcha
axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish
vositalari – yenergetik tamonlarini to’ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli
ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Axborotli muxitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini
o’rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildak tuyiladi ammmo ular
munosabatini chuqurroq o’rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa
vositalar» o’rtasidagi bog’liqlik xususiyati borligini ko’ramiz.
Jamiyatda odamlar o’rtasidagi aloqa faktori bo’limlar o’rtasidagi «ko’prik» -
bu axborotdir. Demak ,bilimni «o’zi uchun» axborotga aylantirish mexanizii
axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida o’rin yegallaydi. +adimda axborotli
muxit juda qashshoq bo’lib ,u tor doiradagi yeng kerak va chekli ma’lumotlar
majmuasidan iborat yedi, bu xol odamlar orasidagi bog’liq doirasini ming yillab
chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muxitidagi xissani kamaytirib
yuboradi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va
rivojlangan bo’lib ,uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu
o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z
navbatida, YEXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli
muxitning kelajakda inson xayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha
yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar qo’llamini kegaytirish
talab yetiladi..
Respublikamizda axborotlashtirish keng yo’lga qo’yilishi bilan undagi xar
bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari
ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan
jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (teleforin tarmog’i, modem va boshqalar)
yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga yega bo’lmoqda.
Insonning iqsodiy, yekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikirlash doirasining
kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan o’zgari ,yangi xusiyatga
ega bo’lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbig’ yemas, rivojlanishning zarur
vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajajasidagi holatini
informatikasiz qo’llab bo’lmaydi. Axbortllarni tez, sifatli yg’ish saqlash, qayta
ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati
beqiyos yekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqsodiyotning boshqarishdagi
o’zgarishlar, bozor munossabatlarga o’tish buxgalteriya xisobini tashkil qilish va
olib berishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga o’tishi amalga
oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakillarini ishlab chiqarishni talab qilad.
Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning kompyuterda ishlab chiqarishning
tashkil qilishning ananaviy shakillari katta o’zgarishlarga uchragan. Xisobchidan
korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviiy taxlil
usullarini yegallash, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish bozor jarayonlarida
pul mablag’lar investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |