186
55-56-mavzular :
ABU ALI IBN SINO
Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn
al-Hasan ibn Ali (980-yil, Afshоna qishlog‘i,
O‘zbekiston – 1037-yil, Hamadоn shahri, Erоn) –
jahоn fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
buyuk qоmusiy оlim. Sharqda «Shayx ar-ra
-
is» (donishmandlar sardori, allomalar bosh
-
lig‘i); «Sharaf al-mulk» (o‘lka, mamlakatning
obro‘si, sharafi); «Hakim al-vazir» (vazirlar
donishmandi) deb atalgan bo‘lsa, G‘arbda
Avitsеnna nоmi bilan mashhur.
Uning tibbiyotga doir asarlarida kasallik
-
larning kelib chiqish sabablari va manbalari,
tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar
va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez,
inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning
ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat mu
-
him masalalari yoritilgan.
Jahon fani tarixida ibn Sino qomusiy olim sifa
-
tida tan olingan. Chunki, o‘z davridagi mavjud fanlar
-
ning qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid
asarlar yozgan. Ibn Sinoning «Al-qonun fit-tib» asari
XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrga
-
cha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foy
-
dalanilgan. Uni «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur
qilgan asar allomaning tibbiy merosi – «Tib qonunlari»
bo‘lsa-da, «Shayx ar-rais» nomi, eng avvalo, uning bu
-
yuk faylasufligiga ishoradir.
Aytishlariga qaraganda, hakimlar aslida 4 ta bo‘l
-
gan, ular G‘arbda Arastu va Iskandar, Sharqda esa
Abu Nasr Forobiy bilan Abu Ali ibn Sinodir.
Abu Nasrning vafoti bilan Abu Alining tug‘ilishi ora
-
sida o‘ttiz yil farq bor. Ibn Sino Forobiy kitoblari orqali
unga shogird sanalgan.
Dostları ilə paylaş: