• jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo‘llarining turli-tuman xarak-
terdaligi;
• mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda
tub
islohotlaming zarurligi;
• umumiy o‘tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’i nazar, har
bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
• eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlaming
nomuvofiqMgi, ba’zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega
bo‘lishi;
• jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishi-
ning qiyinchilik bilan kechishi, yangi iqtisodiy munosabatlaiga ehtiyot-
korlik bilan yondashishiga qaramay,
tashabbuskor, izlanuvchan,
tadbirkor va taraqqiyparvar kishilaming tobora ortib borishi kabilar.
Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga
o‘tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo‘li,
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. XX
asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi qarashlarda erkin iqtisodiy tartibga
solish g‘oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi
ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki I.Karimov
ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat
jihatdan yangi yo'llarini
ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan».
0 ‘tish davri ko‘hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni
tashkil etgan bo‘lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan Osiyo va bosh
qa qit’a mamlakatlarida bir necha o‘n yildan iborat bo‘ldi. Masalan,
Buyuk Britaniya — 200 yil, Fransiya — 150 yil, Germaniya va AQSH
- 50 - 100 yil.
Boshlang‘ich shart-sharoitlarga ko‘ra, yondash guruhlash mezo-
niga asosan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun
3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov
tomonidan tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan
mamlakatlardagi
aralash iqtisodiyot;
2. An’anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga
ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor
munosabatlari;
3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayot-
gan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish
bilan qo‘shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning
xitoycha yo‘li.
Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko'rsatishicha, bozor
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va
tekis kechmagan.
Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo‘ladi.
Shuning uchun ham, « 0 ‘zbekiston tanlab olgan yo‘l respublika
va uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihat
dan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqti-
soddir», - deb ta’kidlaydi I.Karimov.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash
maqsadini ko'zlaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini batamom
shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog‘lik tez hal etilishi
o‘tish davri davomiyhgini belgilaydi:
Birinchi galdagi asosiy vazifa — mulkdor sinflar masalasining tub-
dan hal etilishi, boshqacha aytganda, xususiy
mulkchilik yetakchi-
ligidagi ko‘p ukladU iqtisodiyotning barpo etilishi.
2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3. Keng tarmoqU bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasa-
lari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalami) rivojlantirish.
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma’muriy cheklovlar orqali boshqa-
rishdan iqtisodiy tariflar yo‘h bilan boshqarishga, ya’ni jahonda qabul
qilingan ma’rifiy shakllarga o‘tish.
5. Milliy valutani erkin muomaladagi valutaga almashtirish masa-
lasini hal etish orqali valuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6. Xorijiy sarmoyadorlaming 0 ‘zbekiston bozorida faoliyat ko'rsatishi
uchun kafolat, imtiyozlar va rag'batlantirishni kuchaytirish.
7. Korxonalaming xo‘jalik favoliyatiga noo'rin aralashuvning cheklab
qo'yilishi.
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘z faohyati uchun iqtisodiy
va moliyaviy mas’uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini
oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar
S.S. G ‘ulomov, M.Sharifxo‘jayev, professorlar A.O‘lmasov, N.To'x-
liyev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilaming tadqiqotlarida batafsil
bayon etilgan.
Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalami bayon etishdagi yon-
dashuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A.
bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular:
1. Yowoyi bozor (dastlabki paytlarda);
2. Ma’muriy-buyruqbozHk bozori (sobiq SSSR va sotsialistik deb
atalgan mamlakatlarda);
3. Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi
mamlakatlarda).
Ayni paytda prof. A.O‘lmasov ta’kidlashicha, «Tarixan bozor iqtiso
diyotining 2 turi bo'lgan: yowoyi va madaniylashgan bozor iqtiso
diyoti».
Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy-
nazariy qoidalami chuqurroq va kengroq sharxlash vazifasini hal
etganligini ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: