maosh, budjet to‘g‘risida qimmatli fikrlari bor. Yangi yerlar ochgan
dehqon uch yilgacha soliqdan ozod qilingan, o‘g‘rilik, qalloblik,
tovlamachilik qattiq jazolangan. Uning davrida Buyuk ipak yo‘U rivoj
topgan, savdogarlar qaroqchilardan himoya qilingan, karvonsaroylar
qurilgan. «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» aqidasiga amal qilgan.
Ulugbek Muhammad Tarag‘ay
(1394-1449) — A.Temurning
nabirasi, Shohruhning o‘g‘li, 1409-49-yillar Movarounnahrda
podsholik qildi, ilm-fan, madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy
ravnaqiga katta hissa qo‘shdi, 1428-yilda fulusiy pullar islohotini o‘tkazib,
chaqa pullar qadrini mustahkamladi, «Tamg‘a» bojiga alohida e’tibor
berdi, uning podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi savdo o‘sdi.
Alisher Navoiy
(1441-1501) — temuriylardan, shoir, davlat arbobi
sifatida iqtisodiyot masalalariga katta e’tibor beigan. «Mahbub-ul-qulub»
asarida dehqon, hunarmand va savdogarlar faoliyatiga alohida baho
beradi, uning fikrlarida almashuv zarurati ko‘rsatilgan, kapital tushun-
chasining elementlari bor.
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530) — Andijon, Qobul va
Hindiston hukmdori, «Bobumoma», «Mubayyin» asarlarida soliq
siyosati, masalan, zakot to‘g‘risida qimmatli g'oyalari berilgan. Eng
muhimi, daromad oshgan sari soliqning kamayib borishining ahamiyati
tushuntiriladi. Savdo va tashqi munosabatlaiga katta e’tibor bergan.
Tomas Mor
(1478-1535) - ingliz olimi. «Utopiya» (1516) asarida
xayoUy sotsializm g'oyalari berilgan, «qo‘ylar odamlami yeb qo‘ydi»
iborasining mualUfi (dehqonlaming o‘z yerlaridan mahrum qilinishi).
«Utopiya» so‘zi yunoncha «u-» /yo‘q/ va «topos» /joy/ so‘zlaridan
tashkil topgan, ya’ni bu so‘zning ma’nosi «o‘zi yo‘q joy»dir.
Dostları ilə paylaş: