Q.Yo‘ldoshev, N.Yo‘ldoshev, A.Razzoqovlar tomonidan mamlakati-
miz hududida yashab, ijod etgan donishmandlaming iqtisodiy merosi
to‘g‘risida bir qancha ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanma chop etildi.
2000- yili TDIU da «Iqtisodiy meros va jahon tajribasi» mavzusida
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi va uning materiallari
(2001-yil, 9.75 b.t.) nashr qilindi.
Shulami hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi. Unda
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari keltirildi. Bunda
keyingi davrda boshqa mintaqalarda chiqarilgan adabiyotlaming
tajribasidan foydalanildi.
Umuman, respublikamizda
«Xalq xo‘ja!igi va iqtisodiy ta’limotlar
tarixi»
(08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug‘ullanayotgan
barcha kuchlami birlashtirish, dastur, o‘quv qo'llanma, darslik tay-
yorlash, malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon beruvchi
ixtisoslashgan kengash ochish, biigalikda konferensiya va boshqa anju-
manlami o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi.
Ushbu darslik Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti «Iqtisodyot
nazariyasi» kafedrasi a’zolari i.f.d., professor, 0 ‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi
Dostları ilə paylaş: