oqlanadi.
Aslini olganda, bunda inqirozlar muammosi izolilanib,
«uchinchi shaxslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish
mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlami
sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta’rifiga ko‘ra jami ish
haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga
kamdir. Bu holatdan chiqish yo‘li jamiyatda
ishlab chiqarmaydigan
sinflar, ya’ni «uchinchi shaxslar»ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar
ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun
yer aristokratiyasini ulug‘laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig'im-
lami oqlaydi.
«Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas», - deydi
T.Maltus. Ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to‘g‘risida fikr yuritib,
bu jarayon umumiy bo'lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida
uzluksiz yoki vaqtincha bo‘lishi mumkinligi aytiladi. D.Rikardo va boshqa
klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo‘yicha nafaqat
xususiy, balki umumiy inqirozlar bo‘lishi bashorat qilinadi (bu tarixan
isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo'lib, ular o'tkinchi
deb qaraladi.
Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko'ra, ishchilaming
sonini kamayti-
rishni taklif etgan bo‘lsa, ishlamay yeydiganlaming sonini oshirishni
jamiyat uchun foydah deb hisoblaydi.
Bu g‘oyalar asUda Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda
izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab
chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo‘lsa, Maltus kapitalizmdan
voz kechmagan holda, awalo, yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini
ta’minlashni qo'llaydi.
Maltus g'oyalaridagi bu ilmiy
chalkashliklarga qaramasdan, unda
bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamla
katlardagi og‘ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to‘g‘ri
keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda
1950-60-yillarda aholining o'sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda
iqtisodiy rvojlanish past bo'lgan bo‘lsa, 90-yillarda aholining o'sishi
1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy
Osiyo mamlakatlarida ham aholining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy
rivojlanish muammolarini hal etishda bu olimning ba’zi g'oyalaridan
foydalanish yaxshi samara beradi.
Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX
asrda juda keng tarqaldi va
mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltus-
chilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki
progressiya» to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o'zgartirib,
«aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli»
va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g'oyalami ilgari surmoqdalar. Bu
konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni
muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar
ko'payib ketdi, deb ulaming sonini turli yo‘llar
bilan kamaytirish
rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat
qilmoqda (1945-yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora
ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam
rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o'sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi
hozirda ham nihoyatda dolzarbdir.
Dostları ilə paylaş: