54
Kekirdak va bronxlar nafas yo‘li
hisoblanib, ular havoni ilitib,
namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o‘pka alveolalariga
o‘tkazadi.
O‘pka
bir juft bo‘lib (o‘ng va chap o‘pka), konussimon tuzilgan.
Ular ko‘krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O‘ng
va chap
o‘pkaning o‘rtasida kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomirlari,
ayrisimon
bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
O‘pkalar pastdan diafragma, orqadan umurtqa pog‘onasi,
oldingi tomondan to‘sh suyagi va atrofidan qovurg‘alar bilan
chegaralangan. O‘pka to‘qimasi daraxtsimon shakldagi o‘rtacha,
mayda va eng mayda bronxchalardan
hamda pufakchasimon alveo-
lalardan tashkil topgan. O‘pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni
kechadi. Ularning devori bir qavatli epiteliy to‘qimasidan iborat
bo‘lib, atrofi mayda qon tomirlari — kapillarlar bilan to‘rsimon
shaklda o‘ralgan. Alveolalarning soni ikkala o‘pkada 750 mln.
atrofida
bo‘ladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m
2
ni tashkil qiladi. Ular
yuzasining bunday katta sathga ega bo‘lishi o‘pka bilan tashqi muhit
o‘rtasida hamda alveolalar bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi
tezlashuvini ta’minlaydi.
O‘pkalar
tashqi tomondan
plevra pardasi
bilan o‘ralgan. U ikki
qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo‘lib, ular orasida torgina
plevra
bo‘shlig‘i
hosil bo‘ladi. Plevra bo‘shlig‘idagi
bosim atmosfera
bosimidan past bo‘lib, u nafas olib-chiqarishda o‘pkaning kengayib-
torayishiga qulaylik tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: