orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi.
Tajribalarning
to‘planishi natijasida ta‘lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat,
ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma‘lum bilimlar boyib bordi.
Ta‘lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar
homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta‘lim-tarbiya borasidagi
faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining
vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi
muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta‘lim-
tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish
shakllari haqida ma‘lumot beruvchi fanga aylandi.
Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib
tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga
oshirish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir.
Ba‘zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari yo‘q,
lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko‘pku? Yoki aksincha, pedagogika
fanini bilgan holda hatto o‘z bolalarini risoladagidek tarbiyalay olmaganlar
ozmunchami? degan savollar eshitilib qoladi.
Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg‘a
siljitish g‘oyat mashaqqatli kechadi.
Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo‘lgan kishilar pedagogika fanini o‘z
vaqtida o‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq
tarbiyalagan bo‘lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o‘z
bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun
bolalarni tarbiyalashda
muvaffaqiyatga erisha olmaganlar.
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o‘rganish lozim.
Ta‘lim tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar
berish bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz
mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini
ta‘minlaydi.
Biroq, ijtimoiy jarayonda to‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil
etsa-da, ularning hammasini yosh avlodga o‘rgatishning imkoniyati yo‘q edi. Faqat
xalq ta‘limi tizimiga kiruvchi bo‘g‘inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan
qismini qamrab olish mumkin edi.
Bu еrda ham muammo tug‘ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba
shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh
avlod tarbiyasiga aloqador
tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug‘ullanadi?
Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil
etavermaydi. Chunki:
- Birinchidan, pedagogika, xususan, o‘zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida
juda murakkab bo‘lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma‘lum qismlari)
mavjudki, ularni yoshlar daf‘atan o‘zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi
yoki mutafakkirlarimizning ma‘naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar,
diniy manbalardan yaxshi xabardor bo‘la olmaganligimiz sababli o‘rganishimiz
qiyin kechadi;
- ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko‘ra va ham
metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to‘plangan tajribalarning
hammasini olish imkoniyati yo‘q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlarni hisobga olib
tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.
O‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda
yashovchi turli millat-
yelatlarning orzu-istaklariga monand ta‘lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy
muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom
dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu
fuzalolarimizning ta‘limotlaridan hamohang ta‘lim tarbiyaga
oid qirralarini izlab
topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval
qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka
hokimliligiga endilikda nuqta qo‘yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini
tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan
ma‘noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan paydo bo‘lishi quyidagicha
izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gresiyada, quldorlarning bolalalarini
ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan.
U bolalarning kamolga еtishiga mas‘ul bo‘lgan.
Quldorning bolasini еtaklab
maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni
«didaskallar» (didayko-men o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa
har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta‘lim-tarbiya bilan maxsus
shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy
ta‘kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so‘z hozir ham ta‘lim-tarbiya
beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: