11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 
 
 


11-Mavzu: Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida. 
REJA: 
1.
 
Jamoa haqida tushuncha. 
2.
 
Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari . 
3. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari 
4.O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash
 
 Tayancha so‘z va iboralar:
jamoa, uyushgan, lider, ma‘suliyat hissi, 
ijtimoiylashtirish.
 
1. Jamoa haqida tushuncha.
Jamoa so‘zi lotincha ―kollektivus‖ 
so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma
guruh ma‘nolarini anglatadi, aniqroq aytiladigan bo‘lsak jamoa bu kishilardan 
iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda ―jamoa‖ tushunchasi ikki xil 
ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan 
tashkiliy guruhi tushiniladi (masalan ishlab chiqarsh jamoasi, zavod jamoasi, 
xo‘jalik jamoasi va h.k.). Ikkinchidan jamoa deganda yuqori darajada 
uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchi tarbiyalanuvchilarning 
birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyidagi jamoa va uning 
xususiyatlari borasida so‘z yuritamiz. 
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim axamiyatga ega 
bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning еtakchi rol 
o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanishi davridayoq 
bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‘rtasidagi munosabatining alohida shakli 
yuzasiga keladi. Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini 
ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. 
Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning 
еtarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi. 
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va 
kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa 
jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va 
ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq 
tashkil etadi. 
Shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy 
g‘oyaviy yo‘nalganligi uning еtakchi belgisi hisoblanadi. 
Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir 
a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan 
birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushinish, uni xis etish hamda shaxsni 
shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy 
maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatining birligini namoyon etadi hamda 
bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega 
va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning 
birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan 
bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa 
navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy 


yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim 
ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona 
ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham 
muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan 
jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun 
g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror 
topadi. 
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota 
borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini 
paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi. 
Jamoa a‘zolari o‘rtasida o‘zaro guruhiy yaqinlik, hissiy birlik yuzaga keladi. 
Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik 
ta‘sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruxiy va hissiy birlik jamoa a‘zolarining 
birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik 
faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin