85
bo‘ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish - «davrlar
ichidagi davrlar») va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga
olgan). Masalan, juz’iy klassifikatsiyaga J. Piajening
intellekt rivojlanishini
bosqichlarga bo‘lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur
qilgan:
sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh).
Bunda asosan olti bosqich
farqlanadi;
konkret operatsiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi
(3 - 11 yoshlar);
formal operatsiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat
bevosita ko‘rib
turgan narsasi, balki mavxum tushunchalar va so‘zlar vositasida
ham fikr yurita oladi.
D.B. Elkoninning yosh davrlari bosqichlari
ham shu guruhga kiradi va u
ham bolalikning uch davrini farqlaydi: ilk bolalik, bolalik va o‘smirlik.
Har bir
bosqichning o‘ziga xos yetakchi faoliyati, o‘zgarishlari
va rivojlanish shart -
sharoitlari mavjud bo‘ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy
ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o‘zgaradi,
ularning o‘zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o‘zgarishiga mos
tarzda ro‘y beradi.
Inson
hayotining
barcha
davrini
yaxlit
tarzda
qamrab
olgan
klassifikatsiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra, 1965 yili fanlar
akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U
quyidagi jadvalda keltirilgan. U B.G.Ananev, chet ellik olim Birrenlar taklif etgan
klassifikatsiyaga yaqin bo‘lib, umumlashtirilgan toifalashdir.