Intellektual mulk huquqi



Yüklə 64,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü64,78 Kb.
#205928
1   2   3   4   5
Allayorova Muattar Choriyorovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1566 
shartnomalar asosida boshqa davlatlarda ham foydalanishga yo‘l qo‘yilgan. Buning uchun 
ham milliy, ham xalqaro-huquqiy asoslar va mexanizmlar yaratilgan. Davlatlararo xalqaro 
hamkorlikni ta’minlash maqsadida xalqaro universal hukumatlararo tashkilotlar tuzilgan. 
Har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi undagi intellektual mulkning 
rivojlanganlik darajasiga qarab belgilanadi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda o‘z 
intellektual mulkini rivojlantirish borasida, ayniqsa, bu mulkning davlatda va butun 
dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor qaratiladi. 
1967-yil 14-iyul kuni Stokgolm shahrida imzolangan Butunjahon intellektual mulk 
tashkilotini tashkil etish haqidagi konvensiya asosida tashkil etilgan Butunjahon 
intellektual mulk tashkilotining (BIMT) intellektual mulkni xalqaro himoya qilishda o‘rni 
katta. Ushbu tashkilot 1974-yil dekabr oyida BMTning hukumatlararo xalqaro tashkiloti 
degan maxsus maqomni olgan. Tashkilotning vazifasi – dunyoda davlatlar o‘rtasida kelishuv 
va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish hamda shu 
sohadagi turli shartnoma va konvensiyalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashdan 
iborat. 
Bugungi kunda dunyoning 180 dan ortiq davlati BIMTning a’zosi hisoblanadi. 
O‘zbekiston 1991-yil 25-dekabrdan mazkur Tashkilotning teng huquqli a’zosidir. 
Mamlakatimiz BIMTning 14 ta xalqaro hujjatini tasdiqlagan. 2000-yili Butunjahon 
intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlari o‘rtasida 26-aprel – “Xalqaro intellektual mulk 
kuni” sifatida nishonlanishi kelishilgan. 2001-yildan boshlab ushbu sana har yili butun 
dunyoda nishonlab kelinmoqda. 
Intellektual mulk – bu turli zamonlarda insonlar o‘zining ongi va tafakkuri, bilimi va 
qobiliyati yordamida kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda yaratgan 
ijod mahsulotlari yoki mulklari. “Intellekt” lotincha so`z bo`lib, “aql” degan ma`noni 
anglatadi.
Bu mulklarni zamonaviy texnologiya sohasi, fan va adabiyot sohasi yoki sanoat va 
kimyo sohasi singari boshqa bir qator sohalarning rivojlanishi, yangiliklar yaratilishi va 
tatbiq etilishi misolida sanab o‘tish mumkin. Inson salohiyati bilan yaratilgan intellektual 
mulkning himoya qilinishi, ommaga taqdim etilishi, moliyalashtirilishi, shuningdek 
faoliyatini davom ettirishi, ayniqsa, uning muhofaza etilishi O`zbekiston Respublikasi 
Qonunlari, Fuqarolik Kodeksida alohida belgilab o`tilgan.
Intellektual faoliyat natijalari. Intellektual faoliyat o‘z xarakteriga ko‘ra, inson 
faoliyatining eng oliy ko‘rinishi – ijodiy faoliyat hisoblanadi. Inson ijodiy faoliyati bu 
faoliyatni amalga oshirish usul-vositalari, faoliyat mahsullari xususiyatlariga ko‘ra inson 
ongli faoliyatining boshqa ko‘rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi. 
Intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:
- fan, adabiyot va san’at asarlari; 
- ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoki eshittirish beruvchi 
tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari; 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 64,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin