5-mavzu: Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar Asosiy savollar


Achitqilarning umumiy tavsifi



Yüklə 57,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#206205
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar.

Achitqilarning umumiy tavsifi.
Achitqilar askomitsetlar - 
xaltali zamburug‘lar (
ask
-xalta) sinfiga kiradi. Achitqilar bir hujayrali harakatsiz 
organizmlar bo‘lib, tabiatda keng tarqalgan. Hozirda ularning taxminan 1500 turi 
mavjud. Ular tuproqda, o‘simliklarda va tarkibida qand bor turli substratlarda 
uchraydilar.
Achitqilar qishloq xo‘jaligi va sanoatda keng qo‘llanadi. Ularning asosiy 
xususiyati spirtli bijg‘ishni keltirish bo‘lib, bunda qand etil spirti va karbonat 
angidridga aylanadi. Ozuqa achitqilaridan parranda va hayvonlar uchun vitamin va 
oqsilga boy em tayyorlanadi. Ayniqsa ular nonvoychilik va pivo sanoatida katta 
amaliy ahamiyatga ega. 
Achitqilar zarar ham keltiradi, oziq-ovqatlarda rivojlanib, ularni aynitib, ta’mi 
va hidini buzadi. 



Achitqi hujayralarining shakli va tuzilishi. 
Ko‘pchilik achitqilarning shakli 
yumaloq, tuxumsimon uzunchoq yoki ellipsga o‘xshash bo‘ladi. Silindrsimon va 
limonsimon shakldagilari kamroq uchraydi. Boshqacharoq shakldagi achitqilar ham 
bo‘ladi: o‘roqsimon, nayzasimon va uchburchak. Achitqi hujayralarining kattaligi 10-
15 mkm ga, diametri esa 3-7 mkm ga teng. Ba’zilari 40 mkm gacha ham kattalashib 
ketishi mumkin. Achitqilarning shakli va kattaligi, o‘sish sharoiti va yoshiga qarab 
o‘zgarib turadi. YOsh hujayralarda doimiy shakl bo‘lib, qarilarida shakl o‘zgarib 
turadi. 
Achitqilar eukariot organizmlar tarkibiga kiradi (yadrosi ajralib chiqqan). 
Ularning hujayrasini tuzilishi mog‘or zamburug‘larinikiga o‘xshaydi. Achitqilarning 
yadrosi ikki qatlamli membrana bilan qoplangan bo‘lib, sitoplazmadan ajralib turadi. 
Achitqi hujayrasining qobig‘i asosan gemitsellyuloza va kam miqdorda oqsillar, 
lipidlar va xitindan tashkil topgan. Ba’zi achitqilarning qobig‘i shilliqlanadi va 
natijada hujayralar bir-biri bilan yopishib qoladi. Ular suyuq muhitda rivojlanganda 
idishning tagiga pag‘a-pag‘a cho‘kma bo‘lib tushadi. Bunday achitqilar 

Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin