Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 67,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü67,11 Kb.
#206411
  1   2   3   4
real-sektor-korxonalarida-investitsion-loyihalarni-moliyalashtirishning-rivojlantirish-istiqbollari



Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni 
moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari 
Akbar Aqmirzayevich Shernayev 
Toshkent moliya instituti 
Annotatsiya:
maqolada samarali pul-kredit siyosati va ta’sirchan bank 
nazoratining amalga oshirilishi, xorijiy kapitalni jalb qilishda ehtiyotkorona 
siyosatning yuritilishi, milliy valyuta barqarorligining ta’minlanishi, banklar resurs 
bazasini shakllantirishda asosan ichki manbalarga tayanish, kredit amaliyotlarini 
o‘tkazishdagi tamoyillar va soha rivojlanishi hamda faoliyatini yanada 
takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. 
Kalit so‘zlar:
pul-kredit siyosati, bank nazorati, global iqtisodiyot, investitsiya 
faoliyati, korxonalar moliya strategiyasi, moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish, 
valyuta siyosati, diversifikatsiyalar, xavf-xatar va risklar, valyuta kursi, valyuta bozori, 
revalvatsiya, to‘lov balansi, valyuta cheklovlari 
Prospects of development of financing of investment projects 
in real sector enterprises 
Akbar Akmirzayevich Shernayev 
Tashkent Financial Institute 
Abstract:
the article deals with the implementation of effective monetary policy 
and effective banking supervision, the implementation of a prudent policy in attracting 
foreign capital, ensuring the stability of the national currency, relying mainly on 
internal sources in the formation of the resource base of banks, the principles and 
development of the field of credit operations and recommendations aimed at further 
improvement of the activity were given. 
Keywords:
monetary policy, banking supervision, global economy, investment 
activity, financial strategy of enterprises, financial planning, risk management, foreign 
exchange policy, diversifications, risks and risks, exchange rate, foreign exchange 
market, revaluation, to lov balance, currency restrictions 
Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni
 
iqtisodiy 
tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni 
shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga mo‘ljallangan strategik qarorlarni 
qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o‘tkazilgan tahlil natijasida korxona 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
868


faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni 
oldindan ko‘ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar 
qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo‘nalishlari 
bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu 
tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko‘rishi mumkin bo‘lgan turli 
talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo‘lishning oldini olishga xizmat qilishi 
mumkin.
Investitsiya faoliyatining bunday majmuaviy va chambarchas bog‘langan tarkibiy 
tuzilmasi o‘z o‘rnida korxona uchun murakkab iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shuning 
uchun zamonaviy iqtisodchi olimlar korxonalar iqtisodiy faoliyati tahlilini amalga 
oshirish jarayonida tizimli yondashuvdan foydalanishadi. Chunki korxona doirasida 
tahlilni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy tahlil metodlaridan, xo‘jalik yuritish 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha aloqalarni tahlil qilishda foydalanishadi va butun 
bir iqtisodiy tizimni tahlil qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligidan dalolat beradi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish 
korxonaning butun bir moliyaviy resurlarining tashkiliy tarkibiy tuzilmasi bilan 
bevosita bog‘liq. Shuningdek, moliyaviy resurclar korxona ishlab chiqarish jarayonini 
vaqtinchalik tezlashtiradi. Chunki, moliyaviy resurlardan unumli foydalanmaslik, o‘z 
vaqtida nazoratning izdan chiqishi va investitsiya faoliyati tahlilida yuzaga kelayotgan 
muammolar nuqtai - nazaridan bartaraf etmaslik korxonani og‘ir oqibatlarga olib 
keladi. Agar korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirmasa, o‘z o‘rnida asosiy va 
aylanma kapitalning eskirishiga olib keladi. Investitsiya faoliyatini sifat jihatdan 
amalga oshirilishi nafaqat asosiy kapitalning yangilanishiga, balki istiqbolli foydaga 
erishishga olib keladi. Natijada, korxonaning uzoq muddatli istiqbolli rivojlanishi 
ta’minlanadi.
Real sektor korxonalarining sof foydasi ortishi bilan ularning investitsiya 
faoliyatini moliyalashtirishga zarur bo‘lgan mablag‘lar ortishi kuzatiladi. Umuman, 
korxonalarning mavjud mablag‘larini (investitsiyalar) yo‘naltirish ob’ekti quyidagilar 
hisoblanadi:
-
yangi uskuna, jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o‘rnatish;
-
yangi innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish;
-
yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish;
-
asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash va qayta qurollantirish;
-
mahsulot assortimentini ko‘paytirish va yangi bozorlarni zabt etish;
-
kadrlar malakasini davriy ravishda oshirib borish.
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya faoliyati 
va uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsiya 
faoliyati faqat investitsiyalarni amalga oshirish jarayonlari bilan bog‘liq faoliyat 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
869


hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag‘larni 
sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo‘lishda muhimdir.
Demak, O‘zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta’minlashda sanoat 
korxonalariga investitsiyalarni yo‘naltirish muhim hisoblanib, eng avvalo, 
iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish asosida va yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish 
hamda o‘zlashtirish negizida rivojlantirish bilan ifodalanadi.
Mamlakatimizda 
sanoat 
korxonalarining 
investitsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirishda investitsiya manbalari (korxonaning o‘z mablag‘lari) yetishmasligi 
kuzatiladi. Korxonalarning moliyaviy natijalarining ijobiy emasligi zamirida 
korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashadi, natijada, ular investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishda tashqi moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj sezadi. Sanoat 
korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘larni jalb qilish 
shartlaridan biri investitsiya borasidagi hamkorlikda orttirilgan tajribani hisobga olgan 
holda investitsiyalarning tabiiy oqimini ko‘paytirish hisoblanadi. Buning uchun 
mamlakatda investitsiya muhiti jozibadorligi va korxonalarning ichki investitsiya 
imkoniyatlarini oshirishning zarur choralari ko‘rilishi lozim. Bu esa korxonalarning 
investitsiya faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishda o‘ziga xos mexanizmning yaratilishiga zamin yaratadi.
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda quyidagilarga 
e’tibor qaratish kerak:
-
sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda jalb etilgan 
mablag‘lardan foydalanish mexanizmini yaratish;
-
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘lar jalb 
qilishda an’anaviy usullar bilan birga, noan’anaviy usullardan (misol uchun venchurli 
moliyalashtirish) foydalanishga keng sharoitlar yaratish;
-
sanoat korxonalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda innovatsion 
vositalardan foydalanish va ularni amalga oshirish.
Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash mumkinki, xo‘jalik yuritishning barcha darajasi 
biz tomonimizdan amalga oshirilgan maqolada to‘laqonli o‘rganildi. Ma’lumki, qator 
iqtisodchi olimlar tomonidan investitsiyalarni alohida olingan tahlili biz tomonimizdan 
amalga oshirilgan investitsiya faoliyati kompleks iqtisodiy tahlilini yuqori tartibda 
tizimlashtirishimiz uchun asos vazifasini o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, tijorat banklarining real sektor korxonalarini moliyalashtirishda 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 

Yüklə 67,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin