Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlariningish hujjatlarini yuritish boʻyicha QOʻLLANMA KIRISH Mazkur qoʻllanmadavlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
(keyingi oʻrinlarda–MTT) pedagoglarining ish hujjatlarini (Keyingi oʻrinlarda–
hujjatlarini) toʻgʻri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy yondoshgan holda amal
qilish tartibini belgilaydi.
Qoʻllanmani tayyorlashdan maqsad, MTTda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya
va metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, shuningdek hujjatlar
yuritilishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini
taʼminlashdan iborat.
Qoʻllanma oʻquv yili boshida MTT direktori tomonidan pedagog kadrlariga
tanishtiriladi hamda har bir pedagog mazkur qoʻllanmaga amal qilishga va
hujjatlarni yuritishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
MTTda faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglardaoʻquv dasturlar va metodik
qoʻllanmalar boʻlishi lozim.
01 – Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv hujjatlari 01-01. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar: 1.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan
yuborilgan hujjatlar (buyruq, xat b.q).
2.
Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlar.
Ushbu indeksda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi
tomonidan yuborilgan buyruq, xat va hujjatlar va turli tashkilot hamda idoralardan
kelgan hujjatlar, shuningdek, ularni roʻyxatga olish daftarlari saqlanadi.
Namuna T/r Kirim boʻlgan sana Hujjat kelgan tashkilot nomi Hujjat sanasi va raqami Mazmuni Ijrochining