46
Xomashyo tarkibidagi foydali elementlarining miqdorini oshirish va keraksiz jinslardan qutilish
maqsadida xomashyo boyitiladi. Ishlab chiqarishda boyitilgan xomashyoni
ishlatish transport
xarajatlari va sarf qilingan energiya miqdorini kamaytirishga, hamda ba‗zi
reaktsiyalarda ajralib
chiqqan energiyadan samarali foydalanishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda xomashyoning boyitishning bir necha turlari mavjud.
Ulardan eng muhimlari quyidagilari:
1.
Mexanik
boyitish
2.
Termik boyitish
3.
Kimyoviy boyitish
4.
Elektromagnit boyitish
5.
Flotatsiya yoki fizik-kimyoviy boyitish.
Mexanik usulda asosan qattiq minerallar elaklaga va gravitatsion ajratish yo‘li bilan
boyitiladi. Elaklash usuli tarkibida qattiq va yumshoq jinslardan iborat bo‘lgan minerallarni boyitishda
ishlatiladi, Mexanik kuch ta‗sirida mo‘rt, yumshoq jinslar oson maydalanadi va elakning teshiklaridan
o‘tib kerakli jinslardan ajratiladi. Masalan, fosforitni kerakmas jinslardan elaklash
usuli bilan ajratib
olish mumkin.
1. Konsentrat miqdori (chiqimi) olingan konsentrat massasini m
к
boyitilayotgan
xom ashyo
massasiga m
х
bo'lgan nisbati orqali aniqlanadi:
2. Foydali komponentni ajratib olish darajasi konsentratdagi foydali komponent massasini m
к
boyitilayotgan xom ashyo tarkibidagi foydali
komponent massa qismiga m
х
bo'lgan nisbati orqali
aniqlanadi:
Gravitatsion boyitish ho‘l va quruq usulda olib boriladi.
Bu usul gaz va suv oqimida
kelayotgan zichligi va o‘lchami har xil bo‘lgan zarrachalarni turli tezlikda cho‘kishiga asoslangan.
Gravitatsion usullar silikat materiallar, mineral tuzlar ishlab chiqarishda
va metallurgiya sanoatida
ishlatiladigan xomashyoni boyitishda keng qo‘llaniladi.
Maydalangan xom ashyo aralashtirgich yordamida suv bilan aralashtirilib pulpa (qattiq
materialni suyuqlik bilan aralashmasi) shaklida vertikal cho‘ktirish kameralaridan iborat tindirgichga
yuboriladi. Kamera bo‘ylab pulpaning harakat tezligi kamayib boradi. Natijada qattiq zarrachalarning
cho‘kishi osonlashadi. I—kamerada
katta zarrachalar, II va III—kameralarda o‘rtacha va yengil
zarrachalar cho‘kadi. Tindirgich kameralarning sonini ko‘paytirib xomashyoni
turlicha fraktsiyalarga
ajratish mumkin. Ko‘pincha cho‘ktirish kameralarining bittasida xomashyo tarkibida keraksiz jinslar
(tuproq, loyqalar) cho‘kmaga tushadi va kontsentrlangan mineral keyingi kameralarda ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: