bat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so ‘zlar m a’nosiga aniqlik kiritiladi. 0
‘quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. 0 ‘qish darslarida 0
‘quvchilar Oybek, H. O lim jon, M. Shayxzoda, G '.G 'u lo m , H .H ak im zod a, Zulfiya, X .T o ‘xtaboyev, P. M o ‘m in, Q. M uham m adiy, S h .S a ’dulla, Z. Diyor, N .F o z ilo v , T. Adashboyev, A. Obidjon kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qiydilar. O'zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o'zlashtiradilar. O'qish darsida bolalar lug'ati m a’lum mavzularga oid so'zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug'atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirin so ‘z, mehri bon, haqqoniy, botir, mard, ja - sur, mehnatsevar kabi ko'pgina so'zlar qo'shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko'p m a’noli so'zlar, sinonim lar, ko'chm a m a’noda ishla- tiiadigan so'zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar. Bolalar mustaqil o'qishga o'rganganlaridan keyin ular lug'atiga ki tob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o'qish va unga rahbarlik shakllari o'quvchilar lug'atini boyitishning, nutqini o'stirishning eng m uhim manbalaridan hisoblanadi. Maxsus mashqlar yordamida grammatika va im lon i o'rganish darslari ko'pgina so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlar ni bilib oladilar. Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlam ing o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik