O‘zbekiston respublikasida investitsiya sohasini boshqarishning o‘ziga xos jihatlari omonova Navroʻzoy Roʻzibek qizi



Yüklə 65,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü65,6 Kb.
#208190
1   2   3   4
135-141

TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Maqolada guruhlash, taqqoslash, tahlil va sintez usullaridan keng 
foydalanilgan. 
TAHLIL VA NATIJALAR 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini 
yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham 
investitsiya – bu “iqtisodiyot drayveri”, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya 


137 
bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, 
yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. [2] 
Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom 
taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma 
investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan 
yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 
2022-yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar 
soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy 
Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. 
Mamlakatga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda 
3,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yakunida ushbu ko‘rsatkich uch 
barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi.
Buning 
natijasida 
xorijiy 
investitsiyalar 
va 
kreditlarning 
jami 
investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi. 
Shu bilan birga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 
2017-yilda 2,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 3,4 barobar 
oshib 8,5 milliard dollarga yetdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi esa 17,7 
foizdan 35,4 foizgacha oshdi. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin 
ortib bormoqda: 2017-yida 5,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 
ularning soni 15,8 mingtaga yetdi. Buning 6,4 mingtasi qo‘shma korxona, 9,3 
mingtasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi. 
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 30,5 foizi savdo, 27,5 foizi 
sanoat, 8 foizi qurilish, 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,1 foizi yashab turish va 
ovqatlanish muassasalari, 2,9 foizi saqlash va tashish, 4,8 foizi aloqa va axborot 
yo‘nalishlarida, 17,4 foizi boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. [3] 
Asosiy e’tiborimizni qaratadigan qonun bu, shubhasiz, O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yi 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son “Investitsiyalar va 
investitsiya faoliyati to‘g‘risida” gi Qonunidir. Ushbu qonun “Xorijiy 
investitsiyalar toʻgʻrisida”, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Chet ellik 
investorlar 
huquqlarining 
kafolatlari 
va 
himoya 
qilish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi qonunlarning asosiy qoidalarini oʻzida mujassam etgan yagona hujjat 
boʻlib xizmat qiladi, ularning barchasi qonun kuchga kirgandan keyin oʻz kuchini 
yoʻqotgan. Mazkur qonunda investitsiyalar, investitsiya faoliyati, investor, inve-
stitsiya faoliyati ishtirokchisi hamda reinvestitsiyalar kabi tushunchalarga ta'rif 
berib o‘tilgan. Bundan tashqari qonunda investisiyalarning turlari, investitsiyalarni 


138 
amalga oshirish shakllari, investisiya resurslari, investisiya faoliyati sub'ektlari, 
investitsiya faoliyati ob'ektlari, investorning huquqlari, investorning majburiyatlari, 
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, investitsiya loyihalari 
ekspertizasi, investitsiya fondlari, investitsiya faoliyati sub'ektlari huquqlarining 
kafolatlari, investitsiyalarni himoya qilish, mablag‘lardan foydalanish kafolatlari, 
investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari, investitsiya 
faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish, investitsiya faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda investitsion 
munosabatlarga oid nizolarni hal etish masalalari haqida ma'lumot berib o‘tilgan. 
Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan 
amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga muvofiq, investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy 
prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; oshkoralik va ochiqlik; investitsiya 
faoliyatini amalga oshirish erkinligi; adolatlilik va investitsiya faoliyati 
subyektlarining tengligi; investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; 
investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi. 
Investitsiya sohasini huquqiy tartibga solishda xalqaro tajribaga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, Singapur davlatini misol qilib olsak bo‘ladi.
Singapurning qonunchilik bazasi va davlat siyosati odatda xorijiy investorlar 
uchun qulaydir. Xorijiy investorlar qo‘shma korxonalarga kirishlari yoki 
boshqaruv nazoratini mahalliy manfaatlarga topshirishlari shart emas, mahalliy va 
xorijiy investorlar bir xil asosiy qonunlarga bo‘ysunadilar. Ba'zi tarmoqlarda 
tartibga soluvchi talablardan tashqari, turli rag'batlantirish sxemalariga muvofiqlik 
tegishli davlat organlari tomonidan belgilangan mezonlarga javob beradigan 
investitsiya takliflariga bog'liq. Singapur qayta investitsiya qilish yoki daromad 
yoki kapitalni repatriatsiya qilishda hech qanday cheklovlar qo'ymaydi. Xalqaro 
arbitraj va vositachilik markazlari hamda xo‘jalik sudini o‘z ichiga olgan sud tizimi 
shartnomalarning muqaddasligini ta’minlaydi va qarorlar odatda shaffof va 
samarali ijro etiladi. 
Iqtisodiy Rivojlanish Kengashi (EDB) Singapurga xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish bo'yicha yetakchi agentlikdir. EDB investitsiyalarni rag'batlantirish va 
sanoatni rivojlantirishni o'z zimmasiga oladi hamda axborot bilan ta'minlash 
hamda mahalliy va xalqaro investitsiyalar uchun davlat imtiyozlarini joriy etish va 
ulardan foydalanishni osonlashtirish orqali xorijiy va mahalliy biznes bilan 
hamkorlik qiladi. Hukumat EDB orqali investorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, bu 


139 
esa infratuzilma va davlat xizmatlarining samarali va raqobatbardoshligini 
taʼminlash uchun boshqa davlat organlariga fikr-mulohazalarni taqdim etadi.
Singapurning xorijiy investitsiyalar uchun umumiy ochiqligidan istisnolar 
milliy xavfsizlik uchun muhim deb hisoblangan tarmoqlarda, jumladan 
telekommunikatsiya, radioeshittirish, mahalliy axborot vositalari, moliyaviy 
xizmatlar, yuridik va buxgalteriya xizmatlari, portlar, aeroportlar va mulkka egalik 
qilishda mavjud. Singapur qonunchiligiga ko'ra, ta'sis ustavida chet ellik 
shaxslarning bunday korxonalarga egalik huquqini cheklaydigan aksiyalar ulushi 
chegaralari bo'lishi mumkin. [4]
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchiligi investisiya kiritish 
sharoitlarini og‘irlashtirsa, xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan investisiya kiritilgan 
vaqtdan boshlab 10 yil davomida investisiya kiritilgan muddatda amal qilgan 
qonunchilik qo‘llaniladi. Xorijiy sarmoyador o‘z xohishiga qarab yangi 
qonunchilikning investisiya kiritish sharoitlarini yaxshilovchi qoidalaridan 
foydalanish 
huquqigaa 
ega. 
Bunda 
investisiya 
kiritish 
sharoitlarini 
og‘irlashtiruvchi jihatlar qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, 
shuningdek quyidagilarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining yangi 
qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi hisoblanadi: 
— xorijiy sarmoyadorlarga to‘lanadigan dividendlar shaklidagi daromadlar 
solig‘i hajmi (stavka)ni oshirish; 
— repatriatsiya bilan bog‘liq tartib-taomillarni murakkablashtiruvchi yoki 
xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazilayotgan 
daromadlari (foyda) hajmini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarni kiritish, Xorijiy 
investorning mablag‘larini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning 
tonlovga layoqatsizligi va bankrotligi yoki kreditorlarning xuquqlarini ximoya 
qilish, jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish xollari bo‘yicha xorijiy 
investorning mablag‘larini qaytarish vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik 
investorning mablag‘larini to‘xtatib turish xollari bundan mustasno yoki chet el 
investorining bundan repatriasiya sud yoki arbitraj qaroriga binoan; 
— investisiya kiritish hajmiga doir miqdor cheklovlari va xorijiy 
investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investisiyalarning minimal hajmini 
oshirish shaklidagi investisiya hajmiga doir boshqa qo‘shimcha talablar kiritish; 
— xorijiy sarmoyadorning korxonalar ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da 
hissali qatnashishi bo‘yicha cheklovlar kiritish


140 
— xorijiy investorlar – jismoniy shaxslar uchun vizalar rasmiylashtirish va 
ular muddatini uzaytirish bilan bog‘liq tartib-taomillar, shuningdek chet el 
investisiyalari kiritish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarni kiritish. 
Shuningdek, tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini 
amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi eng 
yorqin misol - bu 2020 yilda tuzilgan eksport va investitsiyalarni rivojlantirish 
masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyati bo‘lib, uning vazifalariga 
tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, pandemiya tufayli 
yuzaga kelgan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni taxlil qilish, shuningdek, har 
bir tadbirkorlik subyektining muammosini hal qilishda individual yondashuv 
asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi. 
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Komissiya aʼzolarining joylarga chiqqan holda 
olib borgan faoliyati natijasida 98 mingdan ortiq korxonalar faoliyati manzilli 
tartibda o‘rganildi va natijada 5902 ta korxonalarning 6235 ta muammoli 
masalalari aniqlandi. Muammolarning har biri tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat 
banklari, mahalliy hokimiyat organlari va Respublikaning xorijdagi diplomatik 
vakolatxonalari bilan yaqin hamkorlikda hal etildi. [5]
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalarga oid huquqiy tizimni tartibga 
solish xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish uchun muhim ahamiyatga 
ega. Aniq va shaffof sarmoyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mustaqil sud tizimi, 
mustahkam me’yoriy-huquqiy baza va mulk huquqlarini himoya qilish 
mexanizmlarini o‘rnatish orqali mamlakatlar xorijiy sarmoyalarni jalb etishi, o‘z 
iqtisodiyotining o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Yaxshi 
boshqariladigan huquqiy tizim xorijiy sarmoyadorlarga mezbon davlatga sarmoya 
kiritish uchun zarur bo‘lgan ishonch va xavfsizlikni ta’minlaydi, natijada 
investorlar uchun ham, qabul qiluvchi iqtisodiyot uchun ham foyda keltiradi. 
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy 
rivojlanishni 
ta’minlash 
yo‘lida 
mamlakatning 
investitsion 
muhitni 
sog‘lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini 
o‘rganish, investitsiyalari kengroq jalb etish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va 
uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim 
masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos 
xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga, 
mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta’minlanishiga olib keladi. 

Yüklə 65,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin