14
va texnikaning uzluksiz o‘sib borganligidan dalolat beradi. Bu
birin-ketin keladigan bosqichlar yer sharining turli joylarida
topilgan muayyan tipdagi odam faoliyatining qoldiqlariga qarab
aniqlanadi va fanda bu qoldiqlar “madaniyat” deb nomlanadi. Bu
madaniyatlar dastlab topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular ana
shu madaniyatning eng tipik yodgorliklaridan iborat bo‘ladi.
Ibtidoiy davr madaniyatining eng oddiy bosqichi SHELL
madaniyatidir. Bu madaniyat Shimoliy Fransiyaning Shell shahar-
chasi nomi bilan ataladi. Bu davr mehnat qurollarining asosiy turi
uzunligi 10 sm.dan 20 sm.gacha, og‘irligi 500 grammdan 1kg.gacha
bo‘lgan anchagina katta hajmli, bodom shaklidagi, har ikki tomoni
tosh bilan qupol ravishda tarashlangan tosh bo‘lagidir. Bu qurol «qo‘l
cho‘qichi», «qo‘l chopqichi» va «qo‘l boltasi» vazifasini bajargan.
Ibtidoiy davr madaniyatining keyingi bosqichi Yevropaning ko‘p
yerlarida va shuningdek, Afrika va Osiyoda ma’lum bo‘lgan va bir
umumiy nom ASHEL (Shimoliy Fransiyadagi Sant-Ashel degan
joy nomi) deb ataladi. Bu madaniyat mehnat qurollarining hajmi
bir muncha kichik shakl ancha to‘g‘ri, o‘tkir, qirralik bo‘lganligi
bilan xarakterlanadi. Bu madaniyat manzilgohidan tosh qurollaridan
tashqari odamlarning turmushiga oid boshqa belgilarning – mamont,
karkidon kabi yovvoyi hayvonlarning ko‘plab suyaklari, shuningdek
olov izlari topilgan.
Ibtidoiy davrning uchinchi bosqichi Fransiyaning janubi-
g‘arbida joylashgan qishloq va g‘or nomi bilan ataluvchi MUST’E
madaniyati o‘rta paleolit davriga mansubdir. Teshiktosh g‘oridan
topilgan neandertal bolaning qoldiqlari ham ana shu Must’e
madaniyatiga tegishli. Bu bosqich mehnat qurollarining sezilarli
darajada o‘sganligi bilan xarakterlanadi. Bu madaniyatning asosiy
quroli uchi o‘tkirlangan tosh quroldir. Bu qurol nayza sifatida ham
ishlatilgan. Shuningdek bu bosqichda yaratilgan mehnat qurollari
safiga suyakdan ishlangan qurollar ham kelib qo‘shilgan, ya’ni bu
bosqichda suyakdan o‘tkir uchli mayda qurollar ham yasalgan. Bu
manzilgohdan mamontning, karkidon, g‘or ayig‘i, yovvoyi ot, shimol
bug‘usi va boshqalarning suyaklari hamda olov izlari topilgan.
Shell, Ashel madaniyatlari, odatda umumiy nom bilan ilk
paleolit deb ataladi. Demak, ilk paleolit davridayoq-odamlar mehnat
qurollarini takomillashtirib, olovdan foydalana boshlaganlar. Bu esa
3
Dostları ilə paylaş: