482
MEHNAT BOZORIDA YOSHLARNING ISH BILAN BANDLIGINI
TA’MINLASH.
Xuvaydullayeva Iroda Xusniddin qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
xuvaydullayevairoda@mail.ru
Annotatsiya
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy
rivojlanishining eng muhim
jihatlaridan biri bo‘lib, u mehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda
mehnatga bo‘lgan taklif va talablarni qondirish yo‘llarini ochib beradi. Shuning uchun
bugungi kunda yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz yangi
loyihalarni amalga oshirmoqda.
Kalit so’zlar:
yoshlar bandligi, milliy iqtisodiyot, mehnat bozori, ishsizlik,yangi
ish o’rinlari.
Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan
bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning takror
ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi,
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik
jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta’minlanishiga
bog‘liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta’minlashning ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi
kundagi ijtimoiy-iqtisodiy
muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-sonli
qarorida “Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish,
ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita
mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy
ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
68
3.
mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq
o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish,
besh muhim tashabbus
loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
4.
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va
tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish,
deb PQ belgilandi.
Yoshlarga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tiborni biz “Vazirlar
Mahkamasining 07.06.2022 yildagi “2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 310-
son qarori qabul qilindi.
69
Unda Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son
70
68
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-sonli qarori
.
69
Yoshlarga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tiborni biz “Vazirlar Mahkamasining
07.06.2022 yildagi qarori
70
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2022-
2023_yillarda_eshlarga_oid_davlat_siesatini_amalga_oshirish_dasturi_tasdiqlandi
483
Farmoniga muvofiq yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo
hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili “Yoshlar kuni” arafasida hukumatning
dasturi,
shuningdek, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi.
Mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish
va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlardan iborat boʻladi” ko’rishimiz mumkin.
Akademik Q.Abdurahmonov tomonidan “...ish bilan bandlikning eng kam
deganda to‘rt
ijtimoiy jihatini
hisobga olish lozimligini, ish bilan bandlikning
insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan
mustahkam bog‘liqligi, turmush darajasi va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini
shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aynan ish bilan bandlik
mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush
darajasini oshirishning eng muhim kafolati, har kimning va umuman, jamiyat
farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatning yangi omilini shakllantirish,
aynan mehnat faoliyati insonni o‘zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi
va ko‘paytiradi, shaxsning rivojlanishini rag‘batlantiradi”
2
,
iqtisodchi olimlardan
I.M.Aliev, N.A.Gorelov, L.O.Ilinalar ushbu tushunchaga: “ Ish bilan bandlik ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog‘liq hamda mehnatdan daromad (ish haqi) keltiruvchi ijtimoiy foydali mehnat
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin”
71
deb takidlangan.
Bugungi yoshlar eng bilimli avloddir. Biroq, ular mehnat bozoriga kirish va uni
saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ularning ko'pchiligi uchun ishga
o'tish muammoli. Yoshlarning ish bilan ta’minlanishi iqtisodiyotning umumiy ahvoli
va mamlakatdagi umumiy bandlik holati bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ularga
yoshlarning ta’lim va ko‘nikmalari, bu ko‘nikmalarning mehnat bozoriga mosligi,
yoshlarga ushbu ko‘nikmalarni qo‘llash va ulardan foydalanish imkoniyatlari ham
ta’sir qiladi.
Ushbu omillar o'rtasidagi nomuvofiqlik ishsizlik
davrlari yoki past
malakali va xavfli ish bilan bog'liq bo'lgan uzoq vaqt ish qidirishga olib kelishi
mumkin. Bu esa yoshlarning o‘zlariga, shuningdek, o‘z mamlakatlari iqtisodiyoti va
jamiyatlariga katta muammo bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollarida xususiy
sektorlarda asosiy ish o‘rinlarini ta’minlovchi sifatida yoshlar uchun yangi va yaxshi
ish o‘rinlarini topishda muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan ko'plab
mamlakatlarda alohida kompaniyalar yoki ish beruvchilar uyushmalarining mahalliy
va milliy darajadagi tashabbuslari gullab-yashnamoqda. Bu tashabbuslar ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va institutsional kontekstga, yoshlarni ish bilan ta’minlash
masalalariga, ma’lum bir mamlakatdagi biznes hamjamiyatining ehtiyojlari va
imkoniyatlariga qarab turlicha bo‘lishi shart.
Biroq, umuman olganda, ular
2.Қ.Абдураҳмонов. Меҳнат иқтисодиёти: Назария ва амалиёт / Дарслик. Қайта ишланган ва
тўлдирилган 3-нашри. Т.: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «FAN» нашриёт
давлат
корхонаси, T.: 2019. – 257
71
Экономика труда: учебник /И.М.Алиев,Н.А.Горелов, Л.О.Ильина-М.:Издательство Юрайт, 2012. с.
123
484
kompaniyalar va ish beruvchilar yoshlar bandligiga e'tiborni kuchaytirayotganidan
dalolat beradi.
Ushbu eng yaxshi amaliyot qo'llanma menejerlar va ish beruvchilar uchun
mo'ljallangan. Bu yosh ishchilarni yollash va inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish
muhitini yaratishda istiqbolli yondashuvni qo‘llashning afzalliklarini tushuntiradi.
Maktabdan ishga o'tish katta qadamdir. Oldinga fikrlaydigan ish beruvchilar yosh
ishchilarning ish kuchiga o'tishlari va ishda ijobiy ishtirok etishlariga yordam berish
muhimligini tushunishadi. Bu korxonalar biznes va uning xodimlarining ehtiyojlarini
qondiradigan amaliy, qo'llab-quvvatlovchi va moslashtirilgan siyosatlarni amalga
oshiradilar. Har bir ish joyi yosh ishchilarni yollashda ilg'or yondashuvdan
foydalanishi mumkin.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida mehnat bozorida ijtimoiy mehnat
munosabatlarida yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha quyidagi takliflar
shakllantirildi:
6.
Xalqaro tajribalar asosida mehnat bozorida
ehtiyojlari asosida yosh
kadrlarni tayyorlash tarkibini takomillashtirishga xizmat qiladigan ko’nikmalarni
aniqlash va baholash tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
7.
Ta’lim muassasalarida malakali yosh kadrlarni tayyorlash, ilg’or tajriba
va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirib boorish lozim.
8.
Bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvini ta’minlaydigan
milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish kerak.
9.
Mehnat bozorida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, yosh kadrlar
tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining
o‘zaro hamkorligini ta’minlash zarur.
10.
Mehnat bozori ehtiyoji asosida mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadga muvofiq.