Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)
Tarmoq DTM lari barcha sanoat tarmoqlaridan ishlab
chiqarish jarayonlarini
boshqarish uchun juda keng miqyosida qo‘llaniladi. Mazkur sinfdagi DTM ning
minimal tarkibi quyidagi komponentlarning bo‘lishini nazarda tutadi:
•
kontrollerlar to‘plash;
•
bir nechta operatorlarning displeyli ishchi stansiyalari;
•
kontrollerlarni bir-biri bilan va kontrollerlarni ishchi stansiyalar bilan
biriktiruvchi tizimli (sanoat) tarmog‘i.
Har bir tarmoq majmuidagi kontrollerlar, odatda
bir-biridan tez ishlashi, xotira
hajmi, zaxiralash bo‘yicha imkoniyatlari, atrof muhitning turli xil sharoitlarida
ishlash
qobiliyati, kirish-chiqish kanallari soni bilan farq qiluvchi bir qator
modifikatsiyaga ega. Bu tarmoq majmuasidan turli xil texnologik obyektlar uchun
foydalanishni yengillashtirishda, chunki kontrollerlarni avtomatlashtirilgan
obyektning ayrim elementlariga va nazorat xamda
boshqarishning turlari
vazifalariga moslab yanada aniq tanlab olishga imkon beradi. Displeyli ishchi
stansiyalar (operator pultlari) sifatida deyarli har doim odatdagi yoki sanoatda
ishlab chiqarilgan, ko‘pincha ikki xildagi klaviaturalar (an’anaviy alfavitli-raqamli
va maxsus vazifali) hamda katta ekranga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta monitorlar
bilan jixozlangan shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi.
Sanoat tarmog‘i turli xil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin: umumiy shinali,
xalqasmon, yulduzcha, u ko‘pincha o‘zaro takrorlagich
va marshrutizatorlar bilan
bog‘langan segmentlarga bo‘linadi. Xabarlarni uzatishga qat’iy talab qo‘yiladi:
ular kafolatlangan holda adresatga yetkazib berilishi, yuqori ustuvorlikdagi
xabarlar uchun esa, masalan, avariyalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi xabarlar uchun
ham xabarlarni uzatishning ko‘rsatilgan muddatini ta’minlash lozim. DTM ning
bu sinfida fazoning katta sohasida taqsimlangan obyektlarni
avtomatlashtirish
uchun mo‘jallangan kontrollerlarning tarmoq majmuasining telemexanik turi
ajratib olinadi.
O‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan sanoat tarmog‘i va alohida fizik (jismoniy)
aloqa kanallari (radiokanallar, ajratilgan telefon simlari, tolali kabellar) bir biridan
ko‘plab o‘nlab kilometr masofada turgan obyekt uzellarini integratsiyalashga
(birlashtirishga) imkon beradi. Kontrollerlar tarmoq majmualarining qurilayotgan
sinfi bajarayotgan vazifalarining murakkabligi bo‘yicha ham (o‘lchashlar, nazorat,
hisobga olish, tartibga solish va blokirovka), avtomatlashtirilayotgan
obyektning
hajmi bo‘yicha ham (o‘lchanayotgan va nazorat qilinayotgan mingta kattalik
doirasida) yuqoridan cheklashlarga ega. Ko‘pincha tarmoq majmualari
mashinasozlik zavodlari sexlari,
neftni qayta ishlovchi, neftkimyosi va kimyo
sanoati agregatlari, shuningdek oziq-ovqat sanoati korxonalari sexlari doirasida
qo‘llaniladi. Kontrollerlarning telemexanik tarmoq
majmualari gaz va neft
quvurlarini, elektr tarmoqlarini, transport tizimlarini boshqarish uchun
foydalaniladi.