Ko‘rsatkich strelkaga aylanganidan so‘ng
Ctrl
tugmasini bosing. Ko‘rsatkichda
qo‘shimcha «
+
» belgisi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng ma’lumotlarni tanlagan
katagingizga sudrab olib o‘tishingiz mumkin. Olib o‘tilayotganda
Ctrl
tugmasi
bosib turiladi. Shunday holatda oldingi katakdagi ma’lumotlar saqlanib qoladi.
Ctrl
tugmasi bosilmasa oldingi katak ma’lumotlari o‘zida saqlanmay, keyingi
katak ma’lumotiga aylanib qoladi.
Katak yoki diapazondagi ma’lumotlarni almashtirish
Katak yoki diapazon ma’lumotlarini boshqa kataklarga olib o‘tish vaqtida bu
ma’lumotlarni boshqasiga almashtirish ham mumkin. Buning uchun katak yoki
diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko‘rsatkichi bu katak yoki diapazon
chegaralaridan biriga olib kelinadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi o‘rnida strelka paydo
bo‘lgandan so‘ng kerakli katakka olib (sudrab) o‘tiladi va sichqoncha tugmasini
qo‘yib yuboriladi. Bunda oldingi katakdagi ma’lumotlar keyingi katakka
almashinadi. Bunday ko‘chirish vaqtida
Ctrl
tugmasi bosilmaydi.
Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri
MS Excelda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu
avtomatik to
‘
ldirish
deb
ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon kataklariga sonli qiymatlarni va matn
elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi.
U faol katakning o‘ng burchagida joylashgan kichik kvadratdan iborat. Ayrim
hollarda katak ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni katak (diapazon)ga ko‘chirishga
ham to‘g‘ri keladi. Qo‘shni katak yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri
tanlangan kataklar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda MS Excel
berilgan kataklardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan kataklarga
nusxasini ko‘chiradi.
Тo‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida satr yoki
ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani
oson va tez kiritishni ta’minlashdir.
Masalan, C ustunga birinchi o‘nta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: