Progressiyani yaratish uchun harakatlar ketma-ketligi quyidagilardan iborat:
1.
Sonli satr birinchi va oxirgi qiymatlari dastlabki katagiga kirish.
2.
To‘ldirish uchun qarashli kataklar.
2-misol. Ish kunlari grafigini, shanba va yakshanba kunlardan tashqari har 2
kundan 02.01.2006y. dan 30.12.2006y. gacha oraliqda tuzing.
Masala quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1.
Файл
Открыть menyu buyrug‘i yordamida "Misollar"
faylini
oching.
2.
Yangi sahifani (agar kerak bo‘lsa) Вставка ► Лист menyu buyrug‘i
yordamida qo‘ying.
3.
Yangi sahifa nomini Формат ► Лист ► Переименовать menyu
buyrug‘i yordamida o‘zgartiring. Sahifa nomi 2 - Misol.
4.
A1 katagiga 06.09.2005y. sanasini kiriting.
5.
A ustuni kataklari blokini belgilang.
6. Правка ► Заполнить ► Прогрессия menyu buyrug‘ini bajaring,
turi -
Даты (Sanalar), qadam- 3, birliklar- Рабочий день (ish kuni), chegara qiymat -
01.11.2005y.
7. Faylni xotiraga olib yoping.
MS Excel da formulalar bilan ishlash
Jadvaldagi hisoblashlar formulalar yordamida bajariladi.
Formula matematik
operatorlar, qiymatlar, katak va funksiyalar nomiga tayanishlardan tashkil topishi
mumkin. Formulani bajarish natijasi sifatida formula
joylashgan katak ichidagi
muayyan bir yangi qiymat xizmat qiladi. Formula tenglik belgisi "=" dan
boshlanadi. Formulada arifmetik operatorlar + - * / ishlatilishi mumkin.
Hisoblashlar tartibi oddiy matematik qonunlar bilan belgilanadi.
Formulalarga misollar: =(А4+В8)*С6, =F7*С14+B12.
O`zgarmaslar
- katakka kiritiladigan va hisoblashlar vaqtida o‘zgarishi mumkin
bo‘lmagan matn yoki son qiymatlari.
Ссылка на ячейку или группу ячеек
- yordamida aniq katak yoki bir necha
katak
ko‘rsatiladigan usul. Alohida katakka jo‘natma - uning koordinatalari. Bo‘sh katak
qiymati nolga teng.
Jo‘natmalar ikki turli bo‘ladi:
nisbiy
- kataklar formula yordamda katakdan nisbiy siljish bilan ifodalanadi
(masalan: F7).
absolyut
- kataklar $ belgisi (masalan: $F$7) bilan birikmada kataklar
koordinatalari orqali ifodalanadi.
Oldingi turlar birikmalari (masalan: F$7).
Formulalardan nusxa ko‘chirishda nisbiy jo‘natmalar ko‘chish
kattaligiga
o‘zgaradi.
Kataklar guruhiga murojaat qilish uchun maxsus belgilardan foydalaniladi:
:
(ikki nuqta) - kataklar blokiga murojaat qilishni shakllantiradi. Ikki nuqta orqali
blokning chap yuqori va o‘ng pastki kataklari ko‘rsatiladi. Masalan: S4:D6 -S4, S5,
S6, D4, D5, D6 kataklariga murojaat qilish.
;
(nuqtali vergul) - kataklar birlashmasini ifodalaydi. Misol uchun, D2:D4;D6:D8
-D2, D3, D4, D6, D7, D8 kataklariga murojaat qilish.
Katakka formulani kiritish uchun '=' belgisini va hisoblash uchun formulani
kiritish zarur.
Enter
tugmasini bosgandan so‘ng katakda hisoblash natijasi paydo
bo‘ladi. Formulani o‘z ichiga olgan katakni belgilashda,
formula tahrir qilish
satrida paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: