Konstruktor holatini qo‘llash imkoniyati mavjud.
Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish 1. MB oynasiga o‘tish. Bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish uchun F11
tugmachasini bosish kerak.
2.
«Таблица» (Jadval) ilovasida
«Создать» ( Yaratish
) tugmachasini bosish.
3.
«Mастер таблиц» (Jadvallar ustasi) elementida sichqoncha tugmachasini
ikki marta bosish. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
3.2.12-rasm. “Мастер таблица” muloqot oynasi yordamida MB yaratish.
4. Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish.
Eslatma: Kerak bo‘lganda jadvallar ustasi bilan ish tugagandan so‘ng, hosil
bo‘lgan jadvalni
Konstruktor holati yordamida o‘zgartirish yoki kengaytirish
mumkin.
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalni hosil qilish 1. MB oynasiga o‘tish.
2.
«Таблица» (Jadval) ilovasida
«Создать» ( Yaratish
) tugmachasini bosish.
3.
«Режим таблицы» (Jadval holati) elementida sichqoncha tugmachasini
ikki marta bosish. Natijada ekranda 20 ta ustun va 30 ta satrdan iborat bo‘sh jadval
hosil bo‘ladi. Alohida ko‘rsatma berilmasa, ustunlar
«Поле1» ,
«Поле2» va
hokazo nomlarini oladi.
4. Har bir ustun nomini o‘zgartirish uchun uning nomi ustida sichqoncha
tugmachasini ikki marta bosish, yangi nomni ularga qo‘yiladigan barcha talablarga
rioya qilgan holda kiritish va ENTER tugmachasini bosish kerak.
5. Agar jadval 20 tadan ortiq ustunga ega bo‘lsa, yangi ustunlarni qo‘shish
mumkin. Buning uchun yangi ustun qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyning chap
tomonidagi ustunning o‘ng tomonida sichqoncha tugmachasini bosish va
«Вставка» (Qo‘yish) menyusida
«Столбец» (Ustun) buyrug‘ni tanlash kerak.
6. Ma’lumotlarni jadvalga kiritish. Bunda har bir ustunga ma’lum turdagi
ma’lumotlarni kiritish lozim.
7. Barcha ustunlarga ma’lumotlarni kiritib bo‘lgandan so‘ng