Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing. Bosh harfl arning
ishlatilish sabablarini tushuntiring.
Ominaxon, Sa’diy Sheroziy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon
Nosir; Xiva, Mirzacho‘l, Oqtoshsoy; Bobotog‘, Hisor; O‘rta Osiyo,
O‘zbekiston Respublikasi, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya;
Merkuriy, Saturn; Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Ustoz va
murabbiylar kuni; Sirdaryo, Jizzax.
243-mashq.
Berilgan so‘zlarning imlosiga diqqat qiling. Ular ishtirokida
gaplar tuzing.
“Gulxan” jurnali, “Tong yulduzi” gazetasi, “Bolajon” tele kanali,
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Kamalak” tashkiloti.
244-mashq.
Uyga vazifa. “Ulug‘ ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik”
mavzusida 10–12 gapdan iborat matn tuzing. Matnda bosh harfl ar bilan
yoziladigan so‘zlardan foydalaning.
68-dars. CHIZIQCHA BILAN YOZISH
Ko‘l-u tоg‘lik, bоg‘-u rоg‘lik o‘zbеk еlim.
Mоmо yurti, bоbо yurti Chаmbilbеlim.
Zаr-u gаvhаr – yaltirоq tоsh,nеdir оlmоs,
Sеn biz uchun hаm nоn, hаm оsh, mаngu mеrоs.
(Mirtemir)
245-mashq.
Eslang! Quyi sinfl arda qanday so‘zlarni chiziqcha bilan
yozgan edingiz? Qaysi qo‘shimchalar so‘zdan chiziqcha bilan ajratib
yoziladi?
3. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z
bosh harf bilan yoziladi:
Xotira kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti.
4. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi:
Istiqlolim – istiqbolim.
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Chiziqcha bilan yozilgan so‘zlarga diqqat
qiling
.
1. Juft va takror so‘zlar orasida chiziqcha ishlatiladi:
ota-ona, se-
kin-sekin.
http://eduportal.uz
|