Она тили 5 синф indd


ularning qaysilaridan ko‘proq foydalanasiz?



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ularning qaysilaridan ko‘proq foydalanasiz?
 27-mashq.
Alisher Navoiyning quyidagi hikmatli so‘zini tinglang. 
Unda qo‘llangan fe’llarga izoh bering.
Umrni zoye etma, mehnat qil, 
Mehnatni saodatning kaliti bil! 
28-mashq.
 Uyga vazifa. 
Matnni o‘qib, 
“Suv – hayot manbayi” 
mavzusi-
da hikoya tuzing.
Tabiat boyliklari ichida suv alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u 
tiriklik manbayidir. Xalqimizda “Ummon oldida tursang ham, bir 
tomchi suvni isrof qilma!” degan naql bor. Ushbu naqlga amal 
qilib, suvni tejash, uni isrof qilmaslik haqida ko‘p gapiramiz. 
Lekin suvni ehtiyojdan tashqari ishlatish, huda-behuda oqizib 
qo‘yish holatlari hamon uchramoqda...
O‘tmishda ota-bobolarimiz ariq va anhorlardagi oqar suvni 
iste’mol qilishgan, chunki o‘zanlardan ichishga yaroqli top-
toza suv oqar edi. Hozirgi kunda esa ba’zilarimiz xonadon 
chiqindilarini, axlatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri oqar suvlarga ag‘-
daramiz. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday ariqlardagi suv 
nihoyatda ifl oslangan va unda kasallik tarqatuvchi mikroblar 
mavjud bo‘ladi. (
F.Sayfullayev
)
http://eduportal.uz


14
ONA TILI 5-sinf
 
FONETIKA, GRAFIKA
7-
dars. TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI. 
FONETIKA
Topshiriq.
Matnni tinglang. Berilgan hikoyatdagi asosiy fi krni 
to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda so‘zlab bering.
Bir donishmanddan shogirdlari: 
Nima qilsak, tinch va rohatda umr ke-
chiramiz? – deb so‘radilar. 
Donishmand: 
– Hech qayerda hech kimga biror so‘z 
so‘zlamang, sukut eting, – deb javob berdi. 
Shunda shogirdlari: 
– Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu 
mumkinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! –
dedilar. 
Donishmand maslahat berdi:
Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’no-
li so‘zlang, og‘zingizdan sira nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon 
so‘z tinglovchining dilini xira qiladi, bundan saqlaning. 
Bayt: 
Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo, 
Nomunosib so‘zlasang, yetkay jafo. 
Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, boshga balo. Shuning 
uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatib: 

Ortiqchasi zarar 
keltiradi”, deydilar. (
“Qisqa hikoyalar”dan
)

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin