Urganch so‘zining qadimiy nomlariga diqqat qiling. Bu shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi VII–VI asr-
larga borib taqaladi. “Avesto” kitobida Vurukash (Orol) dengizi
boʻyida
Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar
(suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna
Urganch hududiga koʻchirilgan. VIII asrgacha
Gurganj nomi bilan yuritilgan.
712-yilda, shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin,
Jurjoniya deb ataldi. 1221-yili moʻgʻullar egallagandan soʻng
shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. XIV asr Yevropa
manbalarida shahar (Koʻhna Urganch)
Urgant shaklida tilga olinadi.
310-mashq. Quyidagi matnni ko‘chiring va o‘z fi kringiz bilan davom ettiring. Yurtimiz qadimiy shaharlarga boy. Bu ko‘hna shaharlar o‘z tarixi
bilan Rim va Afi nani, go‘zalligi bilan Parij va Londonni ortda qoldiradi.
Har yili yuz minglab sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Bu ulug‘
shaharlarimiz …
311-mashq. Uyga va zifa: “ Men yoqtirgan makon ” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn yarating. 86–87-darslar. NAZORAT ISHI 88-dars. ISMLAR MA’NOSI VA IMLOSI Munosabat bildiring.
1. Bu ko‘hna shaharlar nimasi bilan sayyohlarni jalb qiladi, deb o‘ylaysiz? – Donoxon, sizga nega bunday ism qo‘yishgani
bilan qiziqqanmisiz?
– Ha, dono, bilimdon bo‘lsin degan maqsadda.
Tengdoshlarimiz ham o‘z ismlarining ma’nolаrini
bilishar mikan?
http://eduportal.uz