181
ONA TILI 5-sinf
126-dars. QO‘SHTIRNOQNING ISHLATILISHI
Abu Rayhon Beruniy
Beruniy bobomiz Xorazmning Kat shahrida
tug‘ilgan. Zehni nihoyatda o‘tkir bo‘lgan Beru
niy
astronomiya, matematika, fi zika, ma’ dan shunoslik,
geografi ya, til, tarix kabi fanlarni puxta egalladi. Ayni
paytda o‘zi ham bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shdi. Hatto ko‘plab dorivor o‘simliklar nomini bir
necha tilda yozib, fanga qoldirdi.
Keyinchalik Bag‘dodda tashkil topgan “Baytul-hikma” (“
Donish-
mandlik uyi”
) nomli o‘sha davr fanlar akademiyasida yetti yil ishla-
gan, kashfi yotlar qilgan...
Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” va “Hindiston”
kabi asarlari tarix fani uchun muhim manba hisoblanadi.
U “Hindiston” asarida ummon ortida qit’a borligi haqidagi tax-
minni ilgari surdi. Yevropalik sayyoh olimlar esa Beruniydan qariyb
500 yildan so‘ng bu qit’aning borligini amalda isbotlashdi.
“XI asr Beruniy asridir”, deb yozgan edi AQShning fanlar tarixi
bilan shug‘ullanuvchi olimi Jorj Sarton.
Dostları ilə paylaş: