108-mashq. Quyidagi hikmatlarni daftaringizga ko‘chiring. Alohida ohang bilan aytilishi zarur bo‘lgan so‘zlarga diqqat qiling. 1. Bilim qaytarish, takrorlash mevasidir. (
Beruniy ) 2. Za-
kovat qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘ladi. Bilim kimda bo‘lsa, buyuk
bo‘ladi. (
Yusuf Xos Hojib ) 3. Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi,
shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘li
ni izla. (
Ahmad Yugnakiy )
4. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, Orlanib (uyalib) so‘rama-
gan – o‘ziga zolim (zulm qiluvchi). (
Alisher Navoiy ) 5. Kishikim
ilm-u fandin boxabardir, xaloyiqqa mo‘tabardir. (
Abdulla Av- loniy )
109-mashq. Tez aytishlar ham urg‘u kabi og‘zaki nutqimizni shakllan- tirishga, charxlashga xizmat qiladi. Quyidagi tez aytishlarni dafta- ringizga ko‘chiring. Takrorlanayotgan tovushlarga, so‘zlar ohangiga e’tibor bering. 1. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham
uzun quloq. 2. Metallchi Mutal metalli detal yasadi. 3. Naman-
ganlik To‘lagan to‘la lagan handalak yegan. 4. Qishda kish-
mish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
110-mashq. Uyga vazifa. O‘zingizga yoqqan tez aytishlardan 10 tasini saralab, daftaringizga yozing. Bir nafas chiqarishda necha bor ayta oli- shingizga diqqat qiling. Qaysi tovushlar takrorida biroz qiyinchilik his qildingiz? Ko‘proq shu tez aytishlarni ifodali o‘qishga harakat qiling. http://eduportal.uz
53
ONA TILI 5-sinf 31 -dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Topshiriq.