224
Ushbu bo‘laklar belgilangan joyga yetkazilgandan so‘ng, TCP yana
ularni doimiy ravishda baytlar oqimiga to‘playdi.
Ushbu darajadagi ikkinchi protokol - UDP - bu eng oddiy
datagrammali protokol bo‘lib, ma’lumotlar ishonchli almashinuvi
vazifasi umuman qo‘yilmagan yoki yuqori pog‘onada
- amaliy
pog‘ona yoki foydalanuvchi ilovalari yordamida hal qilinadigan
hollarda undan foydalaniladi.
TCP va UDP protokollarini amalga oshiradigan dastur
modullari, amaliy pog‘ona protokoli modullari kabi, xostlarga
o‘rnatiladi.
6.6- rasm. TCP/IP modeli
Tarmoq pog‘onasi, shuningdek Internet pog‘onasi
deb ham
ataladi, bu butun TCP/IP arxitekturasining asosi hisoblanadi. Aynan
shu pog‘ona funksiyalari OSI modelining tarmoq pog‘onasiga to‘g‘ri
keladi, ko‘pgina birlashgan tarmoqlarda paketlarning harakatlanishini
ta’minlaydi. Tarmoq pog‘onasining asosiy protokoli bu IP (Internet
Protocol). Uning vazifasi paketni tarmoqlar o‘rtasida tarqatishdir.
TCP/IP tarmoq pog‘onasi ko‘pincha IP ga nisbatan yordamchi
funksiyalarni bajaradigan protokollarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu
tarmoq topologiyasini o‘rganadigan, marshrutlarni aniqlaydigan va
marshrutlash
jadvallarini tuzadigan RIP, OSPF, IS-IS va BGP
marshrutlash protokollari, ular asosida IP protokoli paketlarni to‘g‘ri
yo‘nalishda harakatlantiradi. Xuddi shu sababga ko‘ra tarmoq
Ma’lumot
Segment
Paket
Bitlar va
kadrlar
Amaliy
Tarmoq
Transport
Tarmoq
interfeysi
4
3
2
1
225
pog‘onasiga yana ikkita protokollar tayinlanishi mumkin: ICMP
(Internet Control Message Protocol) bu marshrutizator paketni
uzatish
paytida yuz bergan xatoliklar to‘g‘risida resursga ma’lumot uzatish
uchun mo‘ljallangan va IGMP (Internet Group Management Protocol)
esa bir vaqtning o‘zida bir nechta manzilga paketlarni yo‘naltirish
uchun ishlatiladi.
OSI modelining pastki pog‘onalari (kanal va fizik) uzatuvchi
vositaga kirish, kadrlarni shakllantirish va elektr signallari darajalarini
muvofiqlashtirish, kodlash,
sinxronizatsiya
va
ba’zi
boshqa
funksiyalarni amalga oshiradi. TCP/IP stekining pastki pog‘onasida
vazifa ancha sodda - u faqat tarmoq tarkibiga kiritilgan tarmoq
texnologiyalari bilan o‘zaro aloqani tashkil qilish uchun javobgardir.
Dostları ilə paylaş: