231
Amaliyotda tarmoq operatsion tizimlarini qurishda bir nechta
yondashuvlar ishlab chiqilgan, ular operatsion tizimda tarmoq
xizmatlarini amalga oshirishda quyidagilar bilan farqlanadi:
tarmoq xizmatlari to‘plam sifatida birlashtirilgan - qobiq;
tarmoq xizmatlari alohida mahsulot sifatida ishlab chiqariladi
va yetkazib beriladi;
tarmoq xizmatlari OTga chuqur joylashtirilgan.
Birinchi yondashuv mavjud mahalliy operatsion tizim va uning
ustiga o‘rnatilgan tarmoq qobig‘ining kombinatsiyasi sifatida
yaratilgan birinchi tarmoq operatsion tizimlariga xos edi.
Tarmoq qobig‘i - bu mustaqil dasturiy mahsulot sifatida ishlab
chiqilgan, qoida tariqasida, o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarmoq
xizmatlari to‘plamidir. Tarmoq qobiqlarini mijoz va serverga bo‘lish
mumkin. Qobiq tarmoq xizmatlarining mijoz qismlarini o‘z ichiga
olsa, mijoz qobig‘i deyiladi. Server qobig‘i kamida ikkita asosiy
tarmoq xizmatlarining server komponentlarini o‘z ichiga oladi – fayl
va chop etish xizmatlari. Hozirda faqat tarmoqda ishlash uchun
yaratilgan maxsus operatsion tizimlar mavjud. Ushbu operatsion
tizimlarning tarmoq funksiyalari tizimning asosiy modullariga
joylashtirilgan, bu operatsion tizimning mantiqiy uyg‘unligini,
shuningdek, yaxshiroq ishlashini ta’minlaydi. Agar barcha tarmoq
xizmatlari yaxshi integratsiyalangan bo‘lsa va operatsion tizimning
ajralmas qismi deb hisoblansa, unda bunday operatsion tizimning
barcha ichki mexanizmlari tarmoq funksiyalarini bajarish uchun
optimallashtirilishi mumkin.
Tarmoq OT lariga qo‘yiladigan talablar 1.
Masshtabiylik;
2.
Moslashuvchanlik;
3.
Oxirgi qurilmalardagi turli OT larni qo‘llab-quvvatlash;
4.
Protokollar stekini qo‘llab-quvvatlash (TCP/IP, IPX/SPX,
NetBIOS, DECnet, AppleTalk, OSI);
5.
Ko‘p serverli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa OT lar
bilan samarali integrallashish;
6.
Markazlashgan ma’lumotnomalar xizmatini bo‘lishi;
7.
Servislar
tizimini
rivojlanishi:
fayl-servis,
print-servis,
ma’lumotlar xavfsizligi, arxivlash, ma’lumotlar bazasi va boshqalar;
232
8.
Turli standartlardagi tarmoq qurilmalarini (Ethernet, Token
Ring, ARCnet, FDDI) va tarmoqni boshqarish standartlarini qo‘llab-
quvvatlash.